Jahon | 20:14 / 08.11.2016
5960
3 daqiqa o‘qiladi

Tojikiston Rossiya bilan aviaaloqani davom ettirish bo‘yicha kelishuv shartlarini ma'lum qildi

Foto: Interfaks

Tojikiston transport vaziri Sherali Gandjalzoda Rossiya bilan aviaaloqani davom ettirish bo‘yicha kelishuv qanday shartlar asosida tuzilgani haqida ma'lum qildi. Bu haqda TASS axborot agentligi xabar yozgan.

Bungacha Rossiya transport vaziri Tojikiston bilan aviaaloqan to‘la hajmda saqlab qolinishini aytgandi.

«Bu jiddiy muammo bo‘lmadi, biz avvaliga shunchaki yo‘lovchilar oqimi va yangi aeroport hududida yo‘l infratuzilmasi mavjud emasligi vajidan kelisha olmayotgandik. Lekin ularga bir haftada 2ta reys kerak va biz bu masalani aviatsiya huquqlari asosida hal qildik», — degan Gandjalzoda.

Vazirning qo‘shimcha qilishicha, buning evaziga Rossiya tojikistonliklar aviakompaniyasiga Sankt-Peterburg hamda Chelyabinsk shaharlariga uchishlarni amalga oshirish imkoniyatini taqdim etgan.

7 noyabr kuni Rossiya transport vazirligi va Tojikistonning aviatsiya sohasidagi mutassadilari aviatashuvlar masalasi bo‘yicha muzokaralarni yakunlab, "Jukovskiy" aeroportidan Rossiya aviakompaniyalari parvozi bo‘yicha kelishib olgandi.

O‘tgan haftada Tojikistonda "Jukovskiy" aeroportidan kelayotgan Rossiya samolyotlarini qabul qilish rad etilganini ma'lum qilgandi. Shu munosabat bilan Moskva Rossiya aviatashuvchilari huquqlari poymol qilinmasligi uchun 8 noyabrdan Dushanbe bilan aviaaloqani to‘xtatishi mumkin bo‘lgandi. 

Bunga Tojikiston hukumatining rossiyalik tashuvchilarning respublikaga «Jukovskiy» aeroportidan amalga oshiriladigan parvozlarini kelishib olishdan bosh tortgani sabab bo‘ldi.

Tojikiston ma'murlari «Jukovskiy» Moskva aviatsiya tuguni aeroporti hisoblanishi, demak undan amalga oshiriladigan xalqaro reyslar parvozlar amalga oshirilishining paritet shartlarini ko‘zda tutuvchi hukumatlararo bitimlar bilan cheklanishi kerakligini ta'kidlagan edi.

Rossiya transport vazirligi esa hukumat qarori bilan «Jukovskiy» mintaqaviy aeroport sifatida belgilanganini da'vo qilib, Tojikistonning uning maqomini o‘zboshimchalik bilan belgilashga urinishini «Rossiya hukumati suverenitetini o‘z hududida buzish» deya baholadi.

Mavzuga oid