Jahon | 20:17 / 14.11.2016
7532
2 daqiqa o‘qiladi

Polsha bosh vaziri: Trampning AQShda prezident etib saylanishi siyosatda elitalarning yakuni hisoblanadi

Foto: Reuters

Donald Trampning AQSh prezidenti etib saylanishi hozirgi kunda yuqori martabali odamlar manfaatlari atrofida aylanib yurgan jahon siyosatidagi ma'lum davrning yakunlanganidan guvohlik beradi. Bunday fikrni Polsha bosh vaziri Beata Shidlo "Do jyechi" haftalik nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Shidloning aytishicha, AQShda tashviqot, bir qator OAV va mutaxassislar tomonidan bosimga qaramay demokratiya g‘olib bo‘ldi. "Amerikaliklar o‘zlari uchun foydali deb hisoblagan tanlovni amalga oshirishdi. Biz uni hurmat qilishimiz va g‘olibni tabriklashimiz kerak", deb aytdi bosh vazir. 

Uning fikricha, Trampning saylanishi "siyosat voqelik va oddiy odamlarning muammolaridan uzoq bo‘lgan, elita va uning ishlari atrofida mujassamlashgan jahon siyosatidagi ma'lum davrni yakunlamoqda". "Bu tanlov jahon siyosiy sahnasida oxirgi vaqtda kuzatishimiz mumkin bo‘lgan keng holatning bir qismidir. Ba'zilar buni yaxshi o‘zgarish deb atamoqdalar", deb ta'kidlab o‘tdi Shidlo.                  

"Biz Polsha va AQShning munosabatlari yaxshi bo‘lishini, ehtimol negizida Varshavadagi NATO sammitida qabul qilingan qarorlar yotgan hamkorlik kengayishi uchun yanada yaxshiroq bo‘lishini istardik", deb aytdi Polsha bosh vaziri saylovlardan keyin.

Shidlo NATO sammitida qabul qilingan, sharqiy flangni mustahkamlash hamda Polsha va Boltiq davlatlarida ko‘p millatli batalonlarni joylashtirish qaroriga "hech narsa xavf solmayotganiga" ishonch bildirdi. "Bu o‘sha sammitda ishtirok etgan va umumiy deklaratsiyani imzolagan barcha davlatlar manfaatidadir ", deb aytdi Shidlo. 

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid