Sport | 22:25 / 19.11.2016
7631
2 daqiqa o‘qiladi

«Barselona» ko‘pchilik bo‘lib o‘ynab «Malaga» darvozasiga gol ura olmadi

«Barselona» Ispaniya chempionatining 12-turida «Malaga»ga qarshi kechgan o‘yinda durang natija qayd etdi. «Kamp Nou» stadionida kechgan, Messi va Suares kabi ikki yetakchi futbolchi ishtirok etmagan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0.

Yetakchilarning yo‘qligiga qaramasdan jamoa to‘la ustunlik ko‘rsatdi, lekin gol bo‘lmadi. Mehmonlar o‘yinni 9 kishi bo‘lib tamomladi, Diyego Lorente va Xuan Karlos o‘yin davomida maydondan chetlatildi. Mehmonlar darvozaboni Karlos Kameni o‘yin qahramoniga aylandi.

«Barselona» endilikda 26 ochko bilan turnir jadvalining ikkinchi o‘rnida qolmoqda. 16 ochkosi bor «Malaga» o‘ninchi o‘rinda.

Barselona – Malaga 0:0
Barselona – ter Stegen, Maskerano, Pike, Din (Alba, 62), Suares (Andre Gomesh, 68), Serdji Roberto, Rafinya (Rakitich, 77), Buskets, Turan, Neymar, Pako Alkaser.
Malaga – Kameni, Torres, Lorente, Rikka, Vilyanueva, Fornals (Duda, 90), Xuan Karlos, Anor, Ontiveros (Luis, 69), Rosales, Sandro Ramires (En-Nesiri, 81).
Ogohlantirishlar: Rikka (22), Ontiveros (62).
Chetlatish: Lorente (68), Xuan Karlos (90).

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid