Jahon | 12:41 / 27.11.2016
7317
2 daqiqa o‘qiladi

Berdimuxammedov: Turkmaniston ShHT bilan hamkorlik kengaytirilishidan manfaatdor

Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov o‘z mamlakati Shanxay Hamkorlik tashkiloti bilan transport va boshqa sohalarda hamkorlikni kengaytirishini istaydi. Bu haqda TASS muxbiri ShHT bosh kotibi Rashid Alimov va turkmanistonliklar yetakchisi o‘rtasidagi uchrashuv asosida ma'lum qilgan.

Prezident Alimovga ShHT mamlakatlarining transport sohasidagi hamkorligi bo‘yicha bergan batafsil ma'lumotlari uchun minnatdorchilik bildirgan hamda shu va boshqa sohalarda tashkilot bilan hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanini qayd etgan.

Alimov va Berdimuxamedov uchrashuvi Ashxobodda BMT shafeligida 26-27 noyabr kunlari davomida o‘tayotgan barqaror transport bo‘yicha birinchi global konferensiya doirasida bo‘lib o‘tgan. Alimov ShHTning transport tizimlarini rivojlantirishdagi faoliyati haqida batafsil gapirib, Turkmaniston prezidenti e'tiborini xalqaro avtomobillar qatnovi uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha hukumatlararo kelishuv tuzish masalasiga qaratgan.

ShHT bosh kotibi tashkilotning Bishkekdagi sammiti vaqtida qabul qilingan ShHT yo‘l dasturi loyihasini ishlab chiqish boshlangani haqida ma'lum qilgan.

Mavzuga oid