Jahon | 00:03 / 16.12.2016
6688
2 daqiqa o‘qiladi

Yanukovich: Ukrainadagi davlat to‘ntarishi bo‘yicha sud haqiqatni aytishga imkon beradi

Foto: © RIA

Ukraina Oliy radasi sobiq deputati Vladimir Oleynikning Ukrainadagi 2014 yilgi voqealar davlat to‘ntaruvi deb tan olinishi bo‘yicha sudga bergan da'vo arizasi butun dunyoga o‘shandagi voqealar haqida haqiqatni bilishga imkon beradi. Ukrainaning sobiq prezidenti Viktor Yanukovich ushbu sud jarayonidan nima kutayotgani haqidagi savolga javoban jurnalistlarga shunday deb aytdi.

"Ukraina, Rossiya xalqlari, jahon hamjamiyati Ukrainadagi uch yil avvalgi voqealar haqida haqiqatni bilishi, biz bu haqiqatni aytishga imkon olishimiz juda muhimdir. Shuning uchun uch yil o‘tgach, urg‘ularni to‘g‘ri qo‘yib, kim kimligini, Ukraina bilan o‘shanda nima va nima uchun sodir bo‘lgani va biz o‘zimizni qachon hurmat qilishga o‘rganishimizni aytishimiz juda muhimdir", deb aytdi Yanukovich.

Yanukovich "oddiy fuqaro, Ukraina uchun javobgar bo‘lgan prezident sifatida bu jarayondan manfaatdorligini" aytdi. "Shuning uchun men o‘sha voqealar haqidagi fikrlarimni aytgani bu yerga keldim", deb aytgan Yanukovich.

Sud jarayonining birinchi kunida Oleynikning o‘zi da'vosi mohiyatini bayon qildi, shuningdek Yanukovich ham chiqish qildi. Da'vo Moskvaning Dorogomilov sudida tinglanmoqda.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid