“Barselona”ning yetakchi to‘rt futbolchisi navbatdagi o‘yinda ishtirok etmaydi
“Barselona” futbol klubining uch nafar hujumchisi Lionel Messi, Neymar va Luis Suares, shuningdek himoyachi Xerard Pike Ispaniya Kubogining 1/16 finali doirasidagi “Erkules”ga qarshi o‘yinda ishtirok etmaydi. Kataloniya jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike bunday qarorga o‘yinchilarga hordiq berish maqsadida kelgan.
“Ha, bizda ta'tilga chiqib bo‘lgan to‘rt futbolchi bor: bu Messi, Neymar, Suares va Pike. Qolganlar esa ushbu bahsdan so‘ng dam olishadi. Men buni birinchi marotaba qilayotganim yo‘q», - deya Luis Enrikening so‘zlarini keltiradi AS.
Ma'lumot uchun, “ko‘k-anorranglilar”ning “Erkules” bilan uchrashuvi 22 dekabr kuni “Kamp Nou” stadionida bo‘lib o‘tadi. Jamoalarning birinchi bahsi 1:1 hisobida yakuniga yetgan.
Mavzuga oid
12:38 / 30.08.2024
«Barsa»dan jiddiy start. Flik chempionlik uchun kurashishini baralla e’lon qildi
18:54 / 09.08.2024
«Barselona» Dani Olmo transferini e’lon qildi
17:50 / 19.07.2024
U yangi Messi bo‘la oladimi? Lamin Yamal oldidagi besh asosiy to‘siq
21:36 / 30.05.2024