Turmuş qurgan va turmuş quriş arafasida bölgan har bir musulmon farzand nikoh-taloq masalalaridan xabardor bölişi şartdir. Payğambarimiz alayhissalom: «Ilm oliş har bir musulmonga farzdir», deganlar. Zero, şariatimizdagi nikoh-taloq masalalari ham alohida bir ilmlarning majmuasidir.

«TALOQ» sözi luğatda böşatiş, qöyiş degan ma'nolarni, şar'iy istilohda esa er-xotin örtasidagi nikoh aqdini buziş ma'nosini anglatadi. Islom şariati ta'limotida garçi ba'zi holatlarda taloq qilişga ijozat berilgan bölsa-da, lekin har qanday holatda ham taloq berişni Alloh yoqtirmasligi aytilgan. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinişiça, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:

«Halol narsalar içida Allohga yoqimsizi taloqdir», deb marhamat qilganlar (Imom Abu Dovud va Ibn Moja rivoyatlari).

Demak, Alloh taolo taloq lafzining işlatilişini, oilalarning buzilib, parokanda bölişini xohlamaydi. Şuning uçun Qur'oni karimda har qanday holatda ham nikohni saqlab qolişga, oilani buzmaslikka buyurib:

«Agar ularni yomon körsalaringiz, (bilib qöyingki), balki sizlar yomon körgan narsada Alloh (sizlar uçun) köpgina yaxşilik paydo qilişi mumkin», degan (Niso surasi, 19-oyat).

«Taloq» sözi tilga olingan vaqtda Allohning Arşi larzaga kelişi haqida ham hadisi şarifda aytilgan.

«Taloq» sözining ma'nosini tuşunmay, huda-behudaga aytaveriş gunoh sanalişi bilan birga, bunday taloq şariatda e'tiborga olinadi. Payğambarimiz sollallohu alayhi vasallam:

«Uç narsaning jiddiysi ham jiddiy, hazili ham jiddiy; taloq, nikoh va itoq (ya'ni qul ozod qiliş)», deganlar. Mazkur hadisning mazmuniga qaraganda, taloq masalasida hazil qiliş yaramaydi. Ayniqsa yoşlarimiz şuni yaxşi bilsinlarki, hazillaşib aytilgan taloq ham şariatda e'tiborga olinadi.

Ma'lumki, erkak kişi ayol kişiga qaraganda tabiatan bosiq, mulohazali, jahli çiqqanda özini tuta oladigan bölgani bois, taloq beriş huquqi erga berilgan. Qur'oni karimda bunga: «...