28 dekabr Xalqaro kino kuni sifatida nişonlanadi. Aynan şu kuni 1895 yili Parijdagi kafelardan birining kiçik xonasida aka-uka Lyumerlarning sinematografi birinçi namoyişi bölib ötdi.
1895 yili parijliklarni Rojdestvodan söng yana bir quvonçli voqea kutib turgandi – dunyodagi birinçi kinonamoyişi. Fransiya poytaxti köçalarida bunga bir neça kun qolganda katta afişalar paydo böldi. Rasmlarda örindiqlarga ega bölgan kiçik zal va undagi katta yoşdagi kişilar hamda bolalar tasvirlangan. Ular hayrat va quvonç bilan ekranlarga tikilib ötirişardi. Bu holat aka-uka Lyumerlarning sinematografi sabab yuz bergan.

28 dekabr kuni kişilar özlari uçun yangi bölgan bu söz nimani anglatişini tuşunişdi. Kaputsinlar bulvaridagi 14-raqamli uyda joylaşgan “Grand-kafe”da kişilar yiğilişdi. Kiriş narxi - 1 frank. Öşa keça aka-uka Lyumerlar atigi 35 foiz tomoşabinni yiğişga muvaffaq bölişdi. Biroq bir hafta ötib Lyumerlarning sinematografini köriş istagida bölganlar soni ön baravarga ortib ketdi. “Grand-kafe” oldida katta navbatlar paydo böldi.
Aka-uka Lyumerlar xonada oq töğri burçakli polotno osib qöyib, qarama-qarşi devorda ştativdagi qutini joylaştirişdi – bu ular “kinematograf” deb atagan qurilma edi. Barça tomoşabinlar öz örinlariga joylaşib olgaç, çiroq öçirildi va polotno (ekran) nurga töldi. Bir neça soniyalar ötib unda Liondagi Belkur maydonining surati tasviri paydo böldi. Undagi surat harakatga kelmadi, tomoşabinlar esa ularni aldaşgan, deb hisoblaşdi. Biroq aka-uka Lyumerlar qurilmalarini buray boşlagaç, aravali ot yugura boşladi, u bilan esa barça kişilar ham harakatga kelişdi.

Tomoşabinlar qarsak çalib, kulib yuborişdi. Öşa keça önta hujjatli film namoyiş etildi. Har bir rolikning davomiyligi 30-50 soniya edi. Birinçi seans dasturiga noodatiy nomga ega filmlar kirgan: “Lyumerlar fabrikasidan işçilarning çiqişi”, “Çavandozlik maşqlari”, “Tilla baliqçalarni tutiş”, “Deputatlarning Liondagi fotokongressga kelişi”, “Suv sepuvçi”, “Çaqaloqning nonuşta qilişi”, “Brezent uzra sakraş”, “”Liondagi Kordele maydoni”, “Dengizda çömiliş”.







