23:27 / 11.01.2017
6650

«Atletik» futbolchisi «Barselona» hakamlarga e'tiroz bildirishidan norozi

«Atletik» jamoasi yarim himoyachisi Inyaki Uilyams Ispaniya Kubogining 1/8 finali javob uchrashuvlari doirasida «Barselona»ga qarshi kechadigan uchrashuv oldidan bu jamoa tomonidan keyingi vaqtlarda hakamlar ishiga e'tirozlar bildirilishi holatlari ko‘p bor uchrayotgani haqida aytib o‘tdi.

«Ular hakamdan shikoyat qilishi kerak bo‘lgan oxirgi jamoadir. Bu katta klub va hakamlar ularga qarshi qaror chiqarishga ko‘p ham botinishmaydi.

Men birga-bir vaziyatda gol ura olmasligim mumkin, nima uchun hakamlar xato qilmasin? Ular ham biz futbolchilar kabi oddiy odamlar.

Hakamlik ishi qiyin, ularda ham qaror chiqarishda shubhalar bo‘ladi va men ularning qarorlariga shikoyat qilmaslikni ma'qul ko‘raman.

Neymar bilan bog‘liq vaziyatda hakam penalti beradi deb o‘ylagandim. Ammo hakam fol qayd etmadi va men xursand holda o‘yinni davom ettirdim.

Bundan tashqari, Neymar ham fol ishlatishi va hakam uning foydasiga qaror qabul qilishi mumkin edi», – degan Uilyams Marca nashriga.

Top