23:00 / 11.01.2017
4089

«Manchester Siti» antidoping qoidalarini buzishda ayblandi

«Manchester Siti» klubi Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan antidoping qoidalarini buzishda ayblandi. Bu haqda tashkilot saytida ma'lum qilingan.

Qayd etilishicha, klub doping nazoratidan o‘tishi lozim bo‘lgan futbolchilarning manzili haqida noto‘g‘ri ma'lumot bergan. Natijada, antidoping tashkiloti xodimlari ko‘rsatilgan manzilda futbolchilarni topa olmagan. Bu esa antidoping qoidalarini qo‘pol ravishda buzish sifatida talqin etiladi.

Qoidaga ko‘ra, klub o‘z futbolchilarining istiqomat qilayotgan manzili haqida haqqoniy va aniq ma'lumotlarni taqdim qilishi shart hisoblanadi.

Endi «shaharliklar» jamoasi vakillari 2017 yilning 19 yanvarigacha bo‘lgan muddatda FA tomonidan qo‘yilgan ayblovlarga javob qaytarishi lozim bo‘ladi.

APLning 20 turidan keyin Xosep Gvardiola jamoasi peshqadam «Chelsi»dan 7 ochko ortda qolgan holda (42 ochko) turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinda joylashgan.

Mavzuga oid
Top