09:23 / 12.01.2017
4911

Nobel mukofotining tibbiyot bo‘yicha laureati Oliver Smitis vafot etdi

Mashhur anglo-amerikalik genetik olim, tibbiyot bo‘yicha Nobel mukofoti laureati Oliver Smitis 92 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Nobel qo‘mitasining Twitter’dagi rasmiy sahifasida xabar qilingan.
Smitis 2007 yilda Alfred Nobel xotirasiga bag‘ishlangan tibbiyot sohasidagi Shvetsiya milliy banki mukofoti bilan taqdirlandi. Mukofot Smitis va uning ikki hamkasbi, Mario Kapekka hamda Martin Evansga, “embrion ildiz hujayralar yordamida sichqonlarning xos geniga o‘zgartirishlar kiritish tamoyillariga” ishi uchun topshirildi.
“Oliver Smitis, Nobel mukofoti sovrindori va Shimoliy Karolina universiteti professori qisqa muddatli kasallikdan so‘ng 10 yanvar kuni vafot etdi. Uning ishi (va tajribasi) bebaho bo‘lgan”, - deyiladi Nobel qo‘mitasi xabarida.
 

Top