Sport | 21:19 / 20.02.2017
3843
1 daqiqa o‘qiladi

"Chorsu"da yuzga yaqin badmintonchi O‘zbekiston chempionligi uchun kurash olib bordi

Toshkentdagi "Chorsu" sport majmuasida badminton bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionatida yuzga yaqin sportchi yakkalik, juftlik va aralash juftlik yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Chempionatning yakkalik bahslarida A.Baxshullayev, A.Xo‘jayev, A.Savatyugin, S.Sodiqova, Ye.Barinova va Sh.Shavkatova shohsupaga ko‘tarildi.

 Juftliklar bahsida A.Baxshullayev va A.Xo‘jayev, S.Sodiqova va V.Mushtakova barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, oltin medalni qo‘lga kiritdi. Aralash juftliklar o‘rtasida T.Karimov va S.Sodiqova g‘alaba qozondi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid