Rossiya Fanlar akademiyasining ma'lumot almaşiş muammolari Institutidan bölgan olimlar va ularning xorijiy hamkasblari organizmdagi yoğlar almaşinuvining öziga xos jihatlari inson umri davomiyligiga qanday ta'sir ötkazişini aniqladi. Bu haqda Scientific Reports jurnalida e'lon qilingan maqolada aytiladi.

"Biz tur hayotining davomiyligi va uning moddalar almaşinuvining öziga xos jihatlari örtasidagi boğliqlikni aniqladik. Bu juda qiziq bölib, biz tomondan sutemizuvçilarning 35 turi teri ostida paydo böladigan yoğ töqimalaridan taşkil topgan ösimta (lipidoma) haqida olingan ma'lumotlar juda muhim. Avval lipidoma rivojlanişini atigi tört turda örganilgan. Bizning 35 tur böyiça ma'lumotlarimiz yangi, juda qiziq natijalarni olişda qöl keladi", - deya aytib ötdi institut ilmiy xodimi Yekaterina Xrameyeva.

Inson hayotining odatiy davomiyligi doimiy qiymatga ega emas – insoniyat paydo bölganidan beri u 20dan 30 yilgaça bölgan vaqtni taşkil etgan, söngra asta-sekin, ilm-fan va tibbiyot rivojlanişiga qarab ösib borgan. Bugungi kunda aksariyat davlatlardagi kişilar 60 yildan köproq yaşaydi, Yaponiya va boşqa rivojlangan davlatlar esa bu körsatkiç – 80 yilga teng. 

Boşqa tomondan, köplab tirik jonzotlar uçun öziga xos maksimal yoş bor bölib, unga yetgan hayvonlarning aksariyati qarilikdan öladi. Sönggi yillarda olimlar bu insonga mos ekani yuzasidan jiddiy bahslarga kirişgan. Ötgan yilning oktabrida amerikalik tadqiqotçilar bunday maksimal yoş 100-115 yilga teng ekanini ma'lum qilişdi.

Xrameyeva va uning hamkasblarining aytişiça, hayotning maksimal davomiyligi bir-biriga yaqin bölgan sutemizuvçilarda ön baravarga farq qilişi mumkin. Masalan, insonlar makakalarga qaraganda uç marotaba köproq hayot keçiradi – bu DNK tuzilmasidagi kiçik farqlarga qaramay kuzatiladi. Olimlar bunga nima sabab ekanini aniqlay olişgani yöq.

Rossiyadagi institut va bir qator xorijiy tadqiqot markazlari olimlarining taxminiça, bu savolga javob miya, jigar, buyraklar va boşqa organlarning hujayralari yoğ molekulalari bilan qanday aloqada bölişida yaşirinişi mumkin. Olimlar bu nazariyani tekşiriş uçun 35 turdagi sutemizuvçilarning muhim organlaridan 669ta yoğ namunalarini olişdi, söngra ularning molekulyar tuzilmasini bir-biri bilan taqqoslaşdi.

Ma'lum bölişiça, hujayralar hayot faoliyatida qöllaniladigan yoğ molekulalari tuzilmasidagi öziga xos jihatlar haqiqatdan ham sutemizuvçilarning umri davomiyligi bilan boğliq ekan. Masalan, uzoq yaşaydigan hayvonlarning hujayra membranasidagi ba'zi yoğ turlari qisqa hayot keçiradigan turlarning hujayralaridagi şunday molekulalarga qaraganda köproq vodorodga ega bölgan.

Yangilik mualliflarining taxminiça, bu moddalar almaşinuvi tezligidagi farq bilan boğliq – uzoq yaşaydigan hayvonlarda bu yoğ turlari sekinroq oksidlanadi. Olimlarning fikriça, sutemizuvçilar organizmlaridagi yoğlar aylanişiga oid bunday farqlarning topilişi qariş jarayoni qanday yuz berişi va uni töxtatiş imkoni haqida tuşunça hosil qilişga yordam berişi mumkin.