Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Gvatemaladagi reabilitatsiya markazida chiqqan yong‘inda 19 kishi halok bo‘ldi
8 mart kuni Gvatemalada oiladagi zo‘ravonlik qurbonlari uchun mo‘ljallangan reabilitatsiya markazida yuz bergan yong‘in oqibatida 19 kishi halok bo‘ldi, deb ma'lum qildi mahalliy o‘t o‘chiruvchilar vakili.
Avvalroq 9 kishi halok bo‘lgani ma'lum qilingandi. Yana 20 ga yaqin kishi jarohatlar olgan.
San-Xose-Pinula shahridagi markazda yong‘inga nima sabab bo‘lgani hali aniqlanmagan. Jarohatlanganlar shifoxonalarga yetkazilganlar, voqea joyida qutqaruvchilar va politsiya ishlamoqda.
Prensa Libre portalining ma'lum qilishicha, bundan bir kun avval markazdan 60 ga yaqin o‘smir qochib ketgan. Ular markazdagi qattiqqo‘l munosabat va ovqatlarning yomonligiga qarshi bosh ko‘tarishgan. Portal ma'lumotlariga ko‘ra, o‘smirlar norozilik sifatida o‘z matraslarini yoqqanlar va aynan shu yong‘inni keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin.
Hozir markaz yonida unda saqlangan o‘smirlar yaqinlari to‘planishgan. Ular o‘z farzandlari taqdirini bilishga harakat qilishmoqda.