Light | 22:15 / 14.04.2017
27623
3 daqiqa o‘qiladi

Sizga startap ochishga xalaqit beruvchi 6 bahona

Siz o‘z ishingizni ochishni qachondan beri istab kelayotgan bo‘lsangiz-u, biroq hanuzgacha boshlamagan bo‘lsangiz, demak quyida tilga olinadigan iboralardan birini bahona sifatida ishlatgansiz. Ular shunchaki bir bahona ekani va ulardan qanday qilib voz kechish mumkinligi haqida hikoya qilamiz. 

1. «Men oilamni boqishim kerak»

Ha, ilk davrlarida startaplarning aksariyati pul keltirmaydi. Biroq doimo pul ishlash uchun qo‘shimcha ish topish mumkin, masalan, maslahatchi yoki frilanserlik bilan. Ish joyiga sutkalab gumdon bo‘lib ketib, o‘z bolalarining diydoriga to‘ymaydigan ota-ona — yaxshi ota-ona emas. 

2. «Tajribam kam»

Butun umr hali yosh ekanligingiz, tajribangiz kamligini aytib yurishingiz mumkin. Alaloqibatda nima bo‘lishini bilasizmi? Tajribasizligingizcha qolib ketaverasiz, biroq endi yosh bo‘lmaysiz. 

3. «Bozorda raqobat yuqori»

Bir qaraganda, bugun xuddi olma tushsa startapning boshiga tushadigandek ko‘p ko‘rinadi. Biroq bu hol ularning ortiq kerak emasligini bildirmaydi, qaytaga imkoniyat mo‘l-ko‘lligidan dalolat beradi. Kimki muammolarni yechib, olamga ko‘pikka burkanmagan nazar bilan qarasa, albatta, mukofotlanadi. 

4. «Shundoq ham boyman»

Boy bo‘lish yetarli emasligini tushuntiruvchi ikki sabab bor: birinchidan, faqat o‘zingizga sarflanadigan pul lazzat keltirmaydi, ikkinchidan, startap — millionlarni ko‘paytirish usuli. Axir Ilon Mask, «Ey, men shundoq ham boyman, tupurdim hammasiga», demaydi-ku? 

5. «Menga erkinlik kerak»

Ha, startap erkinlikdan mahrum qilib, butun vaqtni egallaydi. Lekin falonchi akaga ishlashdan ko‘ra buning nimasi yomon? Eng kamida, o‘z oldingizga maqsad qo‘yganingizdan so‘ng barcha qurbonliklar nima uchunligini aniq tushuna boshlaysiz.

6. «Barchasi barbod bo‘lishi mumkin»

Yuzlab startaplar bir yil ham yashamagan. Millionlab odamlar buning uchun o‘z pullarini behudaga sarflashgan. Sizning korxonangiz ham kasodga uchrashi mumkin, boz ustiga buning ehtimoli baland — 50 foiz. Xuddi shuncha ehtimollik bilan osmondan boshingizga g‘isht kelib urilishi mumkin. Lekin bu uydan tashqariga chiqmasligingizga sabab bo‘la olmaydi-ku, to‘g‘rimi?

Mavzuga oid