Fan-texnika | 19:19 / 09.05.2017
11888
3 daqiqa o‘qiladi

Hajmi 1 bitlik birinchi «kimyoviy xotira» yaratildi

Foto: hi-news

Axborotni saqlashning yangi usullarini axtarish olimlarni oddiy narsalarning shu paytgacha noma'lum bo‘lgan xossalarini ixtiro qilishiga ham sabab bo‘lmoqda. Masalan, axborot saqlashning «klassik» birligi bit ekanligi hammaga ma'lum. Kvant tizimlarda — kvant bit (kubit) ishlatiladi. Biroq Polsha fanlar akademiyasining fizika-kimyo instituti olimlari yangi axborot birligini ixtiro qilishdi: kimyoviy reagentlarning uchta birlashgan tomchisidan iborat kimyoviy bitda tomchilar shunday joylashganki, ularning ichida ro‘y berayotgan reaksiyalar ma'lumot tashuvchi bo‘lib xizmat qiladi

Ixtiro uchun doktor Konrad Gizinski va professor Irji Goretskining guruhi mas'ul. Axborotning yangi birligini «chit» deb atashdi — inglizcha «chemical» va «bit» so‘zlarining qisqartmasidan. Biz uchun an'anaviy bo‘lmish fizik xotirada bitlar 1 yoki 0 qiymatga ega bo‘lishi mumkin. Ular elektr toki, magnit maydoni, lazer ta'siri va boshqa vositalar yordamida yoziladi, saqlanadi va o‘qiladi, bularning barisini «fizik ta'sir» degan umumiy tushuncha ostiga birlashtirish mumkin. Kvant kompyuterlarida ma'lumotlar bilan operatsiyalar kvant superpozitsiyasi va kvant chalkashligi hodisalaridan foydalaniladi.

Kimyoviy xotirada ma'lumot uzatish va qayta ishlash uchun Belousov-Jabotinskiy uiklli reaksiyalari mobaynida yuz beradigan kimyoviy jarayonlardan foydalaniladi. Bu reaksiyalarning xususiyati shundaki, birinchi sikl tugagach, darhol ikkinchisi boshlanadi. Bu holda, keyingi bosqich uchun zarur xom ashyo oldingi reaksiya mobaynida to‘liq shakllanib bo‘ladi. Albatta, bunday reaksiyalar vaqt o‘tishi bilan so‘nib boradi, lekin ularning to‘liq to‘xtashi uchun yuzlab chikllar kerak bo‘ladi.

Polshalik tadqiqotchilar o‘zlarining ishlari uchun Belousov-Jabotinskiy reaksiya variantidan foydalanishgan, unda har bir reaksiyadan siklning borishini yaxshiroq kuzatish uchun so‘ng eritmaning rangi o‘zgarib boradi. Bundan tashqari, eritmagan ruteniy asosidagi ingibitor ham qo‘shilgan. Ko‘k rangdagi yorug‘lik bilan o‘ritilganda ruteniy sharofati bilan reaksiya to‘liq to‘xtagan. O‘z tajribalarida olimlar ularning miqdorini o‘zgartirib, eritma tomchilari o‘zaro joylashuvining juda ko‘p variantini tadqiq etishgan. Natijada turli o‘lchamlardagi uch tomchidan iborat tizim eng yaxshi natijalarni ko‘rsatgan. 

Hozircha ma'lumotni saqlash davomiyligi 18,7 dan 19,5 soniyagacha davom etmoqda, biroq tadqiqotlar davom ettirilganda bu vaqt yanada oshirilishi mumkin. Bundan tashqari, kimyoviy bit faqat 0 va 1 qiymatda emas, uchinchisida ham bo‘lishi mumkin, kelajakda bundan texnologiyani yanada takomillashtirish uchun foydalanish mumkin.