Light | 22:00 / 30.05.2017
12434
1 daqiqa o‘qiladi

Vilya-Epekuen - «Argentinadagi Atlantida» (fotojamlanma)

1985 yilda Argentinaning Buenos-Ayres viloyatidagi Vilya-Epekuen qishlog‘i mahalliy ko‘ldagi to‘g‘onning buzilishi sabab suv ostiga g‘arq bo‘la boshladi. Kishilar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lishdi, hamda qishloq o‘n yil davomida 10 metrlik chuqurlikka tushib ketdi.

2000-yillar boshida suv darajasi asta-sekinlik bilan tusha boshladi, hamda uning ostidan binolar, yarim vayron holda bo‘lgan qabristonlar, yer bilan yakson bo‘lgan yo‘l ustunlari va daraxtlar ko‘rina boshladi.

2009 yilda Vilya-Epekuenga bu yerda yashagan Pablo Novak qaytib keldi, u hozirda qishloqning yagona fuqarosidir. 2013 yilda esa unga bag‘ishlangan “Pabol qishlog‘i” qisqa metrajli filmi Sidneydagi kinofestivalda taqdim etildi.

Vilya-Epekuen velobaykerlar, professional fotosuratchilar va qishloq xarobalarini suratga oluvchi oddiy sayyohlar orasida juda mashhur.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid