14:08 / 27.06.2017
12109

Samarqandda inson hayotini saqlab qolishda yordam ko‘rsatildi

Fuqaro D.Sultonov Samarqand shahar O‘zbekiston ko‘chasi 148-uyda yollanma xizmatchi bo‘lib ishlayotgan vaqtida 3 metr balandlikdan uyning ikkinchi qavatiga boshi bilan qulab tushadi va hushini yo‘qotadi, mazkur holatda tibbiyot xodimlari jabrlanganga tez tibbiy yordam ko‘rsata olmaydilar. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar berdi.

Shundan so‘ng, xonadon egalari darhol viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga qo‘ng‘iroq qilib vaziyat yuzasidan amaliy yordam so‘raydi.

Qutqaruv otryadining navbatchi smenasi qutqaruvchilari chaqirilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, behush yotgan D.Sultonovni maxsus asbob-anjomlar yordamida uyning ikkinchi qavatidan tushirib, birinchi tibbiy yordam xodimlariga topshirishdi.

Hozirda fuqaro D.Sultonovning ahvoli yaxshilangan.

Top