Sport | 00:22 / 08.07.2017
34228
1 daqiqa o‘qiladi

Foto: «Paxtakor» Shota Arveladze boshchiligida dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazdi

Toshkentning «Paxtakor» klubi yangi bosh murabbiy Shota Arveladze va jamoaga taklif etilgan yangi futbolchilar bilan birgalikda dastlabki mashg‘ulotini o‘tkazdi. Bu haqda O‘FFning «feysbuk»dagi sahifasida ma'lum qilingan.

Mashg‘ulotlarda «Paxtakor»ning avvalgi futbolchilari, yangi legionerlar va safga qo‘shib olingan mahalliy futbolchilar ishtirok etishdi. Shota Arveladze boshchiligidagi murabbiylar shtabi esa har bir futbolchi bilan yangicha o‘yin uslubi va taktik mashg‘ulotlarni olib bordi.

Ma'lumotlarga ko‘ra, mashg‘ulotlarni kuzatib borish uchun, klub prezidenti Botir Shodiyev va vitse-prezidenti Umid Ahmatdjonovlar ham ishtirok etishdi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid