11:16 / 12.08.2017
84244

O‘zbekiston mobil internet tezligi bo‘yicha dunyoda nechanchi o‘rinda?

Internet tezligi bo‘yicha dunyo mamlakatlari ro‘yxatida O‘zbekiston sakkiz pog‘ona pastga tushdi. Bu ma'lumot Ookla Speedtest Global Index hisobotida keltirilgan.

Reytingda O‘zbekiston mobil internetdagi 9,11 Mbit/s, axborot uzatishdagi 3,52 Mbit/s tezligi bilan 106 pog‘onani egallab turibdi.

MDH mamlakatlari orasida mobil internetdagi tezlik poygasida Qirg‘iziston (83), Qozog‘iston (67), Gruziya (65), Ozarbayjon (62), Armaniston (54) O‘zbekistondan ilgarilab ketdi.

Reytingda birinchi o‘rinni hamon Norvegiya egallab turibdi (52,59 Mbit/s). Ikkinchi o‘rinda Niderlandiya (46,94 Mbit/s) va shohsupaning uchinchi pog‘onasidan Vengriya (46,24 Mbit/s) joy oldi.

Oddiy internet reytingida O‘zbekiston 126-o‘rinni egalladi. Yuklanish tezligi 5,38 Mbit/s.ni tashkil qiladi.

Yuklanish tezligi 5,38 Mbit/s bo‘lsa, axborot uzatish tezligi 5,2 Mbit/sni tashkil qilayapti.

Mavzuga oid
Top