00:01 / 13.08.2017
7521

“Chegara bilmas shifokorlar” O‘rta yer dengizida muhojirlarni qutqarishdan bosh tortdi

Foto: REUTERS

“Chegara bilmas shifokorlar” xalqaro tashkilotining Italiyadagi bo‘limi prezidenti Loris de Filippi tashkilot vakillari O‘rta yer dengizida muhojirlarni boshqa qutqarmasliklarini aytdi. Uning aytishicha, bu faoliyat tashkilot xodimlari hayotiga xavf solmoqda.

Misol uchun, 2016 yilda Liviya sohilbo‘yi qo‘riqlash xizmati vakillari “Chegara bilmas shifokorlar” kemalari tomon 13 marta o‘q uzishgan. De Filippining ta'kidlashicha, tashkilot shifokorlar hayotini xatarga qo‘ya olmaydi. Liviya hukumati nohukumat tashkilotlaridan mamlakat sohilbo‘yidan bir necha yuz kilometrlik hududni tark etishni talab qilgan.

Bundan tashqari, tashkilot Italiya ichki ishlar vazirligidan nohukumat tashkilotlariga ularning noqonuniy muhojirlarni yetkazish bilan shug‘ullanuvchi kontrabandachilar bilan hamkorlik qilishi haqida ayblovlar bildirilgandan keyin tuzilgan o‘zini tutish kodeksini imzolash taklifini olgan. Hujjatga ko‘ra, Liviya hududiy suvlariga kirish va muhojirlarni boshqa kemalarga o‘tkazish taqiqlanadi. Tashkilot hujjatni imzolashdan bosh tortdi.

Top