08:27 / 16.08.2017
6549

Tramp haykallar buzilishiga qarshi chiqdi

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatda haykallar buzilishiga qarshi chiqdi hamda OAVni tarixni o‘zgartirishga urinishda aybladi. U bunday fikrlarini Nyu-Yorkdagi chiqishida bildirdi.

“Bugun Stounuoll Jyekson (Fuqarolik urushi vaqtida Konfederatsiya generali) haykali buzib tashlanadi, ertaga Jorj Vashington yoki Tomas Jyefferson (AQSh asoschilari)  haykallari buziladimi? O‘zimizga “Buning hammasi qayerda tugaydi?” degan savol berishimiz kerak”, deb aytgan Tramp. 

Uning fikricha, Vashington va Jyefferson haykallarini ham janubliklarga qo‘yilgan haykallar holatidagi vajlardan foydalanib buzib tashlash mumkin. Tramp AQSh asoschilari hisoblanuvchi bu shaxslar ham yirik quldorlar bo‘lganlarini eslatib o‘tdi.

AQShda qullikni kuchda qoldirgan sudya haykali buzib tashlanmoqchi  

Tramp jurnalistlarga yuzlanib, “Siz tarix va madaniyatni o‘zgartirmoqdasiz!”, deb aytgan.

U, shuningdek, haykallar atrofidagi ziddiyatlarda qarama-qarshi tomonlarning ikkisi ham aybdor ekanligini aytdi. “Bir tomondan bir guruh, ikkinchi tomondan ikkinchi guruh bor, ular orasida to‘qnashuv sodir bo‘lgan, buni ko‘rish dahshat edi”, deb aytgan Tramp.  

12 avgustda Sharlottsvillda neonatsistlar mahalliy hukumatdan konfederatlar generali  Robert Edvard Liga qo‘yilgan haykalni buzib tashlash g‘oyasidan voz kechishni so‘rab tartibsiz miting o‘tkazishgan. Shundan keyin ular va ularga qarshi chiquvchilar o‘rtasida to‘qnashuvlar yuz bergan. Bu to‘qnashuvlarda 15 kishi jabr ko‘rgan.

Keyinroq millatchilarning aksiyasiga qarshi chiqayotganlar namoyishida olomonga katta tezlikda avtomobil kelib urilgan. Buning oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 19 kishi jarohat olgan. Shu kunning o‘zida namoyishlarni monitoring qilayotgan politsiya vertolyoti qulagan, uning ichidagi 2 kishi halok bo‘lgan.

Mavzuga oid
Top