Özbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida Prezidentning “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş va biznes yuritiş şaroitlarini yaxşilaş tizimini tubdan takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni loyihasi muhokamaga qöyildi. Muhokama 31 avgust kuni yakuniga yetadi.
Hujjatga köra, ijobiy sarmoyaviy va işbilarmonlik muhitini yaratiş böyiça davlat siyosatini samarali amalga oşirişga xalaqit beruvçi qator yönalişlarda tizimli muammolar borligi ta'kidlanadi.
Ular orasida quyidagilar bor:
birinçi – tadbirkorlik sub'yektlarining hozirgi tasniflanişi va qonunçilik jihatidan aniqlaştirilişi xalqaro talablar hamda mezonlarga mos kelmaydi;
ikkinçi – soliq solişning amaldagi tizimi kiçik korxonalar faoliyatini kengaytiriş va yiriklaştirişni rağbatlantirmaydi, sababi kiçik tadbirkorlik sub'yektlari va yirik korxonalar örtasidagi soliq yuklamasi keskin differentsiyalangan, soliq imtiyozlarini taqdim etişdagi tanlov uslubi xorijiy sarmoyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etişni çeklaydi;
uçinçi – tadbirkorlik faoliyati sohasida zamonaviy talablarga javob bermaydigan litsenziyalar va ruxsat beruvçi jarayonlar saqlanib qolmoqda, eskirgan davlat tartibga soliş usullari örniga bozor mexanizmlari joriy etilmayapti, alohida davlat funksiyalarini jamoat nazorati va fuqarolik jamiyati institutlariga beriş talab etiladi, davlat-xususiy şeriklik prinsiplarini alohida davlat va nazorat funksiyalarini amalga oşirişga tatbiq etişni tezlaştiriş lozim;
törtinçi – tadbirkorlar vakolatli alohida davlat organlari tomonidan litsenziyalar, ruxsat beruvçi hujjatlarni rasmiylaştiriş, şuningdek, davlat xizmatlarini körsatiş böyiça jarayonlarning asossiz uzaytirilişi bilan hamon töqnaş kelişmoqda.
beşinçi – davlat organlarining köplab nazorat funksiyalari saqlanib qolmoqda, nazorat organlari tomonidan tadbirkorlik sub'yektlari faoliyatini noqonuniy tekşiruvdan ötkaziş amaliyoti yöq qilinmagan;
oltinçi – tadbirkorlik sub'yektlarining şakllaniş jarayonida hamon haddan taşqari köp tartib-qoidalar, şaffoflikning yöqligi va tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiriş uçun yer uçastkalarini taqdim etiş tartiblari bir-biridan farq qilişi holatlari uçrab turibdi;
yettinçi – tadbirkorlik sub'yektlari moddiy-xomaşyo resurslaridan foydalanişi bir qadar çeklangan, asosiy tovar-xomaşyo bozorlariga kirişni ta'minlaş böyiça bozor mexanizmlarini kengaytiriş talab etiladi;
sakkizinçi – tadbirkorlik sub'yektlarining bank-moliya, suğurta, baholaş, rielterlik, konsalting muassasalari va bozor infratuzilmasining boşqa sub'yektlari bilan özaro aloqasi zamonaviy bozor mexanizmlarini joriy etiş hisobidan jiddiy yaxşilanişi lozim.
Farmon loyihasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzurida tadbirkorlikni qöllab-quvvatlaş va işbilarmonlik muhitini takomillaştiriş böyiça Davlat komissiyasini taşkil etiş rejalaştirilgan. Kiçik va xususiy tadbirkorlik rivojini rağbatlantiriş böyiça Respublika muvofiqlaştiruvçi kengaşi tugatiladi.
Şuningdek, 2018 yil 1 yanvardan öz vaqtida soliqlar va boşqa majburiy tölovlarni tölayotgan tadbirkorlik sub'yektlarining moliyaviy-xöjalik faoliyatini soliq tekşiruvidan ötkazişni taqiqlaş nazarda tutilgan.
Özbekiston Respublikasi iste'molçilar huquqlarini himoya qiliş böyiça Assotsiatsiyani qator masalalar böyiça yagona vakolatli organ sifatida taşkil etiş nazarda tutilgan.












