Hindiston-Xitoy çegarasida paydo bölgan muammo BRICS sammitiga sanoqli kunlar qolganda sun'iy ravişda bartaraf etildi. Har ikki tomon ham harbiylarini çegara qismdan uzoqlaştirdi, bu holat Si Tszinpin uçun bir poğona ustunlik berib, sammit samaradorligini oşirişi mumkin. Ammo butun dunyo yalpi içki mahsulotining 29 foizlik uluşini özida jamlagan BRICS'ga a'zo davlatlar G7 - «Katta yettilik» davlatlariga qarşi tura oladimi?
Ötgan 10 yil davomida BRICS davlatlari iqlim özgarişi şartlariga rioya qila boşladi va Xalqaro Valyuta fondidagi öz pozitsiyasini mustahkamlab bormoqda. Şunga qaramay, jahon bozori iştirokçilari orasida Janub-şarqiy Osiyo davlatlarining birlaşmasi (ASEAN), Körfaz hamkorligi taşkilotlari ham bor bölib, proteksionizmni qöllab kelmoqda.
Xitoyning megaloyihasi aynan hindlar tomonidan tanqid ostiga olingandi. Hukumat «Bir makon, bir yöl» taşabbusini Xitoyning iqtisodiy ekspantsiyasi hamda joylarda geosiyosiy ta'sirini oşirişga harakat qiliş sifatida qabul qilgan. Pokiston va Kaşmir bilan tuzilgan alohida loyihalar ham Hindiston rasmiylarini taşvişga soladi.












