19:26 / 13.09.2017
41472

Andijonda ayollardan iborat jinoiy guruh ushlandi

Buloqboshi tumani Farog‘at ko‘chasida yashovchi M.A. ismli ayol, uning qizi hamda dugonasi D.M.lar Andijon shahridagi “Jahon” buyum bozorida o‘g‘rilik qilishni rejalashtirishadi, deb xabar bermoqda Andijon viloyati IIB matbuot xizmati.

Ushbu bozorda savdo qilayotgan ikki tadbirkorning umumiy narxi 280 ming so‘mlik 7 juft bolalar oyoq kiyimi va umumiy narxi 290 ming so‘mlik 2 dona ayollar sumkalarini o‘g‘irlashadi. 

Biroq ular uzoqqa borishmadi. Ayollardan iborat jinoiy guruh a'zolaridan biriga tegishli «Spark» rusumli avtomashinaga yuklayotgan vaqtlarida ashyoviy dalil bilan ushlandilar.

Top