11:16 / 13.09.2017
25525

YeChLda 2-kun. Zidan rekord izidan, «Uembli» tavqi la'nati va boshqa e'tiborga molik statistikalar

Bugun Yevropa Chempionlar Ligasi guruh bosqichida qolgan 4 guruhda ham ilk uchrashuvlar o‘tkaziladi. Tribuna.Uz juftliklarning o‘ziga xos statistik ko‘rsatkichlarini e'tiboringizga havola qiladi.

Foto: Champions League

ReAL - APOEL (23:45)
- Bu ikki raqib 2011/12 YeChL chorak finalida to‘qnash kelishgan. O‘shanda madridliklar umumiy 8:2 hisobida g‘alaba qozongan. 

- YeChL da atigi 20 o‘yinda jamoasini maydonga boshlab tushgan Zayniddin Zidan 2  marta ushbu turnirda g‘olib chiqishga ulgurdi. Hech qaysi murabbiy shu paytgacha qatorasiga 3 marotaba g‘olib bo‘la olmagan. 

- «Real» nafaqat YeChLda, balki barcha musobaqalarning har bir o‘yinida gol urib kelmoqda. Jamoaning so‘nggi golsiz o‘yini salkam bir yarim yil oldin YeChL 2015/16 yarim finalida «Manchester Siti» (0:0) ga qarshi uchrashuv bo‘lgandi. 

- «Real» o‘z guruhidagi barcha klub bilan YeChL pley-offlarida o‘ynagan. 

TOTTeNHEM - BORUSSIYa DORTMUND (23:45, Match! Futbol 1)

Foto: Daily Star

- Jamoalar ilgari faqat bir marta, 2015/16 Yevropa Ligasi nimchorak finalida to‘qnash kelishgan. Ikki o‘yin natijasiga ko‘ra, nemis jamoasi 5:1 hisobida ustun kelgandi.

- «Tottenhem» Yevropa Chempionlar Ligasidagi so‘nggi 9 o‘yinning atigi 2tasida g‘alaba qozongan. Ikki durang va besh mag‘lubiyat. Shuningdek, «Uembli»dagi oxirgi 3 YeChL o‘yinida bir marta raqibdan ustun kelgan. 

- «Tottenhem» o‘tgan YeChL guruh o‘yinlarida boshqa bir nemis jamoasi «Bayyer»dan qolib ketgandi. 

 

FeYYeNOORD - MANCheSTeR SITI (23:45, Match! Nash Sport)

Foto: Manchester Siti

- «Manchester Siti» shu paytgacha ishtirok etgan 36 guruh o‘yinlarining birortasida 0:0 qayd etilmagan. Umuman bu 36 o‘yinning atigi 5tasida manchesterliklar o‘z darvozasini daxlsiz saqlay olishgan. 

- Serxio Aguero YeChLdagi oxirgi 12 o‘yinning atigi 2tasida raqib darvozasini ishg‘ol qila olgan xolos. Ammo u ushbu ikki o‘yinda 5 gol urgan. Umuman, Aguero jamoaning turnirdagi to‘purari sanaladi — 40 o‘yinda 22 gol. 

ShAXTYoR - NAPOLI (23:45, Match! Futbol 2)
- «Napoli» yetakchisi Dres Mertens jamoasining YeChLdagi so‘nggi 10 golining 7tasida ishtirok etgan — 5 gol va 2 assist.

- «Shaxtyor» ushbu turnirdagi oxirgi 10 uchrashuvning atigi bittasida g‘alaba qozongan. Ushbu g‘alaba 2015 yilda «Malmyo» ustidan (4:0) qo‘lga kiritilgan edi. 

 

LIVeRPUL - SeVILYa (23:45, Match! Arena)

Foto: Liverpul

- Bu ikki jamoa 2015/16 Yevropa Ligasida finalida to‘qnash kelgandi. O‘sha o‘yinda ispanlar 3:1 hisobida g‘alaba qozonishgan. 

- YeChLning o‘tgan mavsumdagi guruh o‘yinlarida «Sevilya» yarimhimoyachi Steven Nzonzi 459 marta to‘pni sheriklariga oshirgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha turnir bo‘yicha faqat Marko Verattida (479) undan ko‘proq bo‘lgandi xolos. 

MARIBOR - SPARTAK (23:45, Match TV)
- «Spartak» o‘zi qatnashgan so‘nggi 11 YeChL mavsumidan atigi 1 martasida guruh bosqichini muvaffaqiyatli yakunlagan. 1995/96 yilgi mavsumda moskvaliklar jamoasi chorak final ishtirokchisiga aylanishgandi.

- «Maribor» hujumchisi Markos Tavares jamoasining ushbu mavsumdagi YeChL saralashida kiritgan 7 golidan 4tasining muallifidir.


PORTU - BeShIKTOSh (23:45)
- Portugaliya klubi o‘zining 22-guruh o‘yinlarida qatnashmoqda. Jamoa bu borada «Real» va «Barselona» bilan birgalikda rekord sohibidir.

- «Beshiktosh» yettinchi marotaba YeChL guruh bosqichida ishtirok etyapti va ilk bor qatorasiga 2 yil bunday baxtga muyassar bo‘lmoqda. 

- «Beshiktosh» hech qachon guruh bosqichidan o‘ta olmagan. 

- «Portu» YeChLda g‘olib chiqqan yagona Portugaliya klubi hisoblanadi. Portugaliya chempionatidan boshqa hech bir klub hatto YeChL finaliga ham chiqa olmagan.  

LeYPTsIG - MONAKO (23:45)
- Nemis klubi o‘z tarixida ilk bor YeChL musobaqasida ishtirok etmoqda. Ushbu mavsumda «Leyptsig» bilan birga faqat «Qorabog‘» jamoasi debyutant hisoblanadi. 

- Radamel Falkao YeChLdagi 15 o‘yinda 9 gol muallifiga aylangan. Hujumchi 31 yoshga kirgan bo‘lsa-da, atigi uchinchi marotaba bu turnirda ishtirok etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, barcha uchrashuvlarning xavfli vaziyatlari va gollarini jonli ravishda, online rejimida Match! Futbol 3 telekanali orqali tomosha qilishingiz mumkin bo‘ladi.

Qahramon Aslanov tayyorladi

Mavzu
Yevropa Chempionlar Ligasi
12 sentabrdan Yevropa Chempionlar Ligasida yangi mavsum start oldi. 8 guruhda 4tadan jamoa kuzgi bahslarga kirishdi.
Barchasi
Top