09:44 / 13.09.2017
37121

«Prime Education» abituriyentlar uchun sinalgan uslubni taklif etadi

Illyustrativ surat

Hozirgi kunda oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirish juda qiyinlashib bormoqda. Buning sababi shundaki, oliy o‘quv yurtlariga kiruvchi talabgorlar soni juda ko‘p, ajratilgan kvotalar miqdori esa kam. Hattoki bir o‘ringa 100 talabgor to‘g‘ri keladigan holatlar kuzatiladi. Oliy o‘quv yurtlarida kirish ballari yildan yilga oshib bormoqda. Bu yildagi o‘tish ballari ham juda yuqori bo‘ldi. 

Bunday holatlar pedagog va psixologlar kengashi tomonidan atroflicha o‘rganildi. Xulosa shunday bo‘ldiki, OTM talabasi bo‘la olmagan, ruhiyati tushgan va ilm olishga qiziqishi birmuncha so‘ngan, buning uchun o‘zgalarni ayblayotgan abituriyentlar ham yo‘q emas.

Abituriyentlarga o‘zgacha va yangicha uslub ishlab chiqildi. Bunda abituriyent harakat qilsa, ilmga chanqoq bo‘lsa, hech qanday «qo‘shimcha yordamlar»siz, mish-mishlardagi kabi «rektorskiy gruppalar»siz va tanish-bilishlarni ishga solmasdan ham talaba bo‘lish imkoniyati paydo bo‘ladi. 

Bu muammoni birgina sinalgan uslub orqali hal etish mumkin. Xo‘sh, bu qanday usul ekan, deb qiziqyapsizmi?

«Prime Education» o‘quv markazi oliy ta'lim muassasalariga bepul kirish yo‘lini topdi.  

Ma'lumki, talaba bo‘la olmagan abituriyentlar boshqa o‘quv markazlariga tayyorlanish uchun borganlarida ulardan turli xil sinov, imtihonlar olishadi. Bunda, albatta, abituriyent ruhiyati yana bir bor tushishi, tabiiy. «Prime Education» o‘quv markazi tashviqotiga ko‘ra, sentabr oyida mutlaqo bepul sinov ta'limini joriy qilish samarali foyda keltirar ekan. Bunda o‘quvchilar bir oy mobaynida puxta o‘qitilib, oy oxirida sinab ko‘riladi. Bunda  o‘quvchilarning darslarni qay darajada o‘zlashtirishi ham o‘rganiladi. O‘qigan va o‘tilgan mavzular asosida tushgan savollardan o‘quvchilar, tabiiyki, 200, 220, 226 kabi maksimal ballarni to‘plashadi. Abituriyent ruhiyati ko‘tarilgan holda birinchi avgustdagi imtihonda ham shunday ballar to‘play olishiga ishonadi. Bunday ball to‘plagan o‘quvchilar esa hech qanday «qo‘shimcha yordamlar»siz ham, mish-mishlardagi kabi «rektorskiy gruppalar»siz ham va tanish-bilishlarni ishga solmasdan ham talaba bo‘ladi.

Bunday o‘quvchilarga «Prime Education» o‘quv markazi o‘qishga kirishlari uchun 100 foiz kafolat beradi. 

Aktsiya bo‘yicha, bir oylik sinov ta'limi mobaynida eng yuqori ball to‘plagan birinchi o‘rinni olgan o‘quvchi yil davomida bepul ta'lim olish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu imkoniyatdan siz ham foydalaning! Hoziroq biz bilan bog‘laning!

«Prime Education» o‘quv markazi Toshkent shahar, Olmazor tumani, Sebzor dahasi, Nurafshon ko‘chasi, 19- uyda joylashgan.  

Mo‘ljal: 119- umumiy o‘rta ta'lim maktabi. 

Tel.: +99871-200-25-55,  +99897-700-50-60 

Internetdagi manzilimiz: primeedu.uz 

Telegram: @primeedu_bot

Facebook: primeedu.uz

Reklama huquqi asosida
 

Top