KUN.UZ sayti qisqa vaqt içida mamlakatning yetakçi saytlaridan biriga aylandi va demokratlaştiriş va erkinlaştirişning dolzarb masalalarini kötarib kelmoqda. Sayt ma'murlari jurnalistik işning turli zamonaviy uslublaridan foydalanişga urinişayotgani ham maqtovga sazovor. Ulardan biri sotsiologik sörov asosida tayyorlangan material böldi.

Omma e'tiboriga havola etilgan sörov yakunlarini örganib, jurnalistlarga (nafaqat KUN.UZ jurnalistlariga) sotsiologik natijalarni qanday qilib professional darajada töğri izohlaş borasida bir qator aniqlaştiruvçi tavsiyalar berişga qaror qildim.

Birinçidan, ijtimoiy fikrning zondaj kesimi va çuqur ijtimoiy sörovnoma örtasidagi farqni anglab oliş lozim. Körib çiqilgan material bitta savoldan iborat va unga 4959 kişi javob bergan. Olingan ma'lumotlar vaziyat haqida faqat signal beradi, lekin u xarakterlay olmaydi, boz ustiga, davlatning Virtual qabulxona vositasida jamiyat bilan qayta aloqa örnatişidek murakkab mexanizmni tuşuntira olmaydi.

Ikkinçidan, sifatli sotsiologik tadqiqotning asosi DASTURdir. Körinib turibdiki, materialda keltirilgan ma'lumotlarda u umuman közga taşlanmayapti. Pirovard natijada, Virtual qabulxona işini baholaş kriteriylari juda böyaştirib yuborilgan. Xususan, «Boşida yaxşi edi, hozir şunçaki rasmiyatçilik uçun bölib qolgan» yoki «Yöq, könglim tölmayapti» degan javoblarni qanday tuşuniş mumkin»? Bu javoblarni tanlagan inson murojaat qilgan-qilmaganligi tuşunarsiz. U bunday xulosaga «öz amaliyoti» asosida kelganmi yoki «kimningdir sözlarini eşitgan» va «qayerdadir öqigan»mi?

Bu yerda uslubiy nuqsonlar yaqqol közga taşlanmoqda. Şu sababli savol kriteriylari sörovnomada qöyilgan savolga mos kelmaydi, har bir ovoz beruvçi har bir variantni tanlaşi mumkin, ular özaro bir birini inkor ham etmaydi. Internet sörovlardan bekorga ahyon-ahyonda jamoatçilik ongida davlatda faoliyat körsatayotgan u yoki bu samarali mexanizmlar haqida ma'lum bir stereotiplar şakllantiruvçi «yumşoq kuçlar» maqsadida foydalanilmaydi.

Uçinçidan, özingiz öylang, olingan aniq ma'lumotlarga köra, Virtual qabulxonalarga bölgan murojaatlarning faqat uçdan bir qismi (36 foizi) Internet tarmoği orqali kelib tuşgan. Bu holatda esa odamlar savolga «Telegram» messenjeri orqali javob berişgan, ya'ni axborot kompyuter texnologiyalaridan faol foydalanuvçilargina sörovda qatnaşgan. Öz-özidan, qoğoz orqali yoki telefon vositasida haqiqatdan ham murojaat qilgan köp sonli aholi vakillari tanlov umumlaşmasidan tuşirib qoldirilgan, bu esa eng kamida reprezentativlikning yaqqol buzilişini anglatadi.