13:20 / 14.11.2017
54957

Italiya yolg‘iz emas. Jahon chempionatini o‘tkazib yuborgan jahon chempionlari

Foto: Getty Images

JCh-2018 turnirida jahon chempioni bo‘lgan barcha terma jamoalar ishtirok etadi. Italiyadan tashqari. «Sokker.ru» nashri oltin medallarni qo‘lga kiritgan, ammo mundial saralashida inqirozga uchragan terma jamoalar sarhisobini qildi.

Rossiyadagi jahon chempionati tarixdagi 21-turnir bo‘ladi. Demak, orqada 20ta mundial qoldi. Futbol tarixida atigi 8 terma jamoa jahon chempioni bo‘lishga erishgan. 5 marta Braziliya, 4 marta Germaniya va Italiya, 2 marta Argentina va Urugvay, 1 marta Angliya, Fransiya va Ispaniya oltin kubokni boshi uzra ko‘targan.

Urugvay - 2 marta chempion (1930, 1950)
Jahon chempionatlaridagi ishtiroki - 13 marta
Oltin medallarni qo‘lga kiritganidan so‘nggi muvaffaqiyatsizligi - 8 marta  (2 ta boykot + 6 marta saralashdan o‘tolmagan)

Italiya - 4 marta chempion (1934, 1938, 1982, 2006)
Jahon chempionatlaridagi ishtiroki - 18 marta
Oltin medallarni qo‘lga kiritganidan so‘nggi muvaffaqiyatsizligi - 2 marta  (saralashdan o‘tolmagan)

Germaniya - 4 marta chempion (1954, 1974, 1990, 2014)
Jahon chempionatlaridagi ishtiroki - 19 marta
Oltin medallarni qo‘lga kiritganidan so‘nggi muvaffaqiyatsizligi - yo‘q

Braziliya - 5 marta chempion (1958, 1962, 1970, 1994, 2002)
Jahon chempionatlaridagi ishtiroki - 21 marta
Oltin medallarni qo‘lga kiritganidan so‘nggi muvaffaqiyatsizligi - yo‘q

Angliya - 1 marta chempion (1966)
Jahon chempionatlaridagi ishtiroki - 15 marta
Oltin medallarni qo‘lga kiritganidan so‘nggi muvaffaqiyatsizligi - 3 marta 

Argentina - 2 marta chempion (1978, 1986)
Jahon chempionatlaridagi ishtiroki - 17 marta
Oltin medallarni qo‘lga kiritganidan so‘nggi muvaffaqiyatsizligi - yo‘q

Fransiya - 1 marta chempion (1998)
Jahon chempionatlaridagi ishtiroki - 15 marta
Oltin medallarni qo‘lga kiritganidan so‘nggi muvaffaqiyatsizligi - yo‘q

Ispaniya - 1 marta chempion (2010)
Jahon chempionatlaridagi ishtiroki - 15 marta
Oltin medallarni qo‘lga kiritganidan so‘nggi muvaffaqiyatsizligi - yo‘q

Mavzuga oid
Top