00:14 / 15.11.2017
12372

KUN.UZ videodayjesti: Benzin inqirozi, Bosh vazirning Germaniyaga safari, Sochidagi uchrashuv va boshqalar

KUN.UZ sayti yangi loyihaga qo‘l urgani haqida xabar bergan edik. Bundan buyon kunning eng muhim voqealari tafsilotlari videodayjest ko‘rinishida muxlislar e'tiboriga havola qilib boriladi. Videodayjestning navbatdagisida 14 noyabr kuni ro‘y bergan voqea va yangiliklarga to‘xtalib o‘tilgan:

  • Shavkat Mirziyoyev geologiya sohasining bugungi holatini tanqidiy tahlil qildi va sohasiga chet el investitsiyalarini faol jalb etishga doir ko‘rsatmalar berdi
  • Bosh vazir Abdulla Aripov Germaniyaga tashrif buyuradi va Yevropadagi 200ta kompaniya vakillari oldida nutq so‘zlaydi
  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Elektr energiyasi va tabiiy gaz nazorati va hisobining avtomatlashtirilgan tizimini jadal joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida» qarori Prezident rasmiy saytida e'lon qilindi.
  • Rus va turk prezidentlarining Sochidagi uchrashuvi: ikki tomonlama iqtisodiy munosabatlar 100 mlrd. dollarga yetkaziladi
  • Qirg‘izistonda O‘murbek Babanov «Respublika — Ata Jurt» fraksiyasi rahbarligini tark etdi
  • Endi O‘zbekistondagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma'lumotlar maxsus veb-saytda aniq yuritiladi
  • O‘zbekiston bo‘ylab benzin narxi oshadimi degan savol barchani qiynab kelayotgan edi. Viloyatlarida benzin inqirozi ro‘y berayotgan edi. Nihoyat benzin narxi deyarli 35-40 foizga oshishi e'lon qilindi.

14 noyabrda ro‘y bergan yangilik, voqea va hodisalarning kundalik dayjestidan farqli o‘laroq, videodayjestni Kun.uzning Youtube kanalidan quyidagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin:


Top