Surxondaryo viloyatining Şörçi tumanida joylaşgan Dalvarzintepa yodgorligi 50 yildan buyon arxeologlar tomonidan tadqiq etilmoqda.
Dalvarzintepa miloddan avvalgi II asrda qişloq sifatida paydo bölib, milodiy I asrga kelganda hududi 47 gektarga ega bölgan yirik şaharga aylanib, Kuşonlar imperiyasining poytaxti sifatida ravnaq topadi. Dalvarzintepa şahristonining şarqiy qismida joylaşgan DT-37 (dala arxeologik nomi) obekti ötgan yili Özbekiston Fanlar Akademiyasi San'atşunoslik ilmiy tadqiqot Institutining maşhur yapon arxeologi, marhum Kato Kyudzo hamda taniqli olim B.Turğunov iştirokidagi qazişmalari vaqtida köplab topilmalar qatorida köp sonli tangalar hamda ğalati şaklga ega bölgan tutqiçli tangasimon buyum topilgandi.

Özbekiston Fanlar Akademiyasi San'atşunoslik ilmiy tadqiqot Instituti xodimi Temurxon Jahonovning Kun.uz naşriga ma'lum qilişiça, topilmalar mutaxassislar tomonidan tozalanib, tadqiq etilganida bu buyum Kuşonlar imperatori Vima Kadfiz tasviri tuşirilgan muhr ekani aniqlandi. Uşbu topilma Dalvarzintepa - Kuşonlar imperiyasining dastlabki poytaxti bölgani haqida nazariyani yana bir bor tasdiqladi. Bu noyob topilma Özbekiston janubida joylaşgan Surxon vohasi Kuşonlar imperiyasi davrida ança muhim ahamiyatga ega bölgani, ma'muriy – siyosiy markazga aylantirilganini isbotlaydi.


Eslatib ötamiz, şu kunga qadar Dalvarzintepaning içki hamda taşqi qismidagi buddaviylik ibodatxonasi va undan topilgan 40ga yaqin buddaviylik diniga oid yirik hamda kiçik hajmdagi haykallar; dunyodagi eng qadimgi şaxmat donaçalari (milodiy I asrga tegişli); 1972 yilda arxeolog B.Turğunov tomonidan topilgan va özbek arxeologiyasi tarixidagi eng olamşumul topilmalardan biri bölgan, oğirligi salkam 36 kilogrammga teng 115 dona oltin buyumlar xazinasi Dalvarzintepani öz vaqtida dunyoga maşhur qilgan edi.
Dalvarzintepadan topilgan köplab noyob topilmalar Yaponiya, Janubiy Koreya, Şvetsariya, Fransiya kabi dunyoning bir qança davlatlaridagi ekspozitsiyalarda namoyiş etildi. Ayniqsa, Yaponiyadagi körgazmalarda topilmalarga bölgan qiziqiş nihoyatda katta edi. Buning hosilasi sifatida hozirgi kunda Özbekistonga taşrif buyuradigan köplab yapon sayyohlari aynan Dalvarzintepa va Surxon vohasidagi buddaviylik dini yodgorliklarini köriş uçun kelayotganini köriş mumkin.








