Bugungi kunda bozorga biror yangi mahsulotni taklif qiliş va unga xaridorlarni jalb etişda marketing faoliyati qançalik töğri yölga qöyilgani muhim ahamiyatga ega. Şunga köra, Janubiy Koreyaning yetakçi Samsung kompaniyasining bu boradagi tajribasini örganiş foydadan xoli emas.
U özining Galaxy nomli telefonini 2009 yili işlab çiqdi. Galaxy i7500 reklamasi va Android Market (hozirgi Google Play) ilovalari öziga xos edi. Smartfon şaklidagi fazoviy kema robot-android boşqaruvida yangi sayyoralarni kaşf qilib sayohat qilar edi. U «Tarjimon sayyorasi», «Xaritalar sayyorasi»ni kaşf qilgaç, «Öyinlar sayyorasi» va boşqa ilova «sayyora»larga ötar edi. Telefon egasi bundan hayron edi.
Yana bir reklamada smartfondan taşqari iMac ham közga taşlanadi. Reklamaning "Do the New" şiori undan boşqa heç qayerda qöllanilmadi.
2010 yili Galaxy S sotuvga çiqdi. Bu vaqtga kelib, «aqlli» telefon heç kim uçun yangilik bölmagani sababli, kompaniya qurilmaning yangi funksiyalariga e'tibor qaratdi. Leo Burnett New York agentligining Samsung uçun işlagan Epic reklama roligida AMOLED texnologiyasi yoritildi. Videoda ajdarlar bilan uruşayotgan jangçilar aks ettirildi.
Yana bir rolikda Galaxy S xaridorlari boşqalardan ajralib turişi ta'kidlandi. Galaxy S haqidagi bir neça reklama roliklari "Turn on Tomorrow" («Kelajakni işga tuşiring») umumiy şiori bilan işlab çiqilgandi.
Navbatdaagi Samsung Galaxy S II smartfonini xarid qilişni tarğib qiluvçi reklama "The Way We're Wired" («Bizni özaro boğlaydigan yöl») deb nomlangan edi. U avvalgilaridan sezilarli farq qildi. Uni Leo Burnett Chicago agentligi işlab çiqdi. Reklama nafaqat smartfon, balki dunyo ham qançalik özgarganini namoyiş etdi. Ayni şu konsepsiya Samsung tomonidan 2017 yilgi "The New Normal" reklamasida ham qöllanildi.
2011 yildan kompaniya özining asosiy raqibi Apple korporatsiyasini mazax qila boşlaydi. Unda Apple Store dökonlarida navbatda turgan iPhone muxlislari Galaxy tomon ötib ketgani uqdiriladi. Bu kabi ilk rolik Samsung tomonidan amalga oşirilgan "The Next Big Thing" keng qamrovli aksiyasida namoyiş etildi.

















