Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Elyor G‘aniyev boshqa ishga o‘tadi
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vaziri Elyor G‘aniyev o‘z lavozimini tark etadi.
Kun.uz manbasi xabariga ko‘ra, uning o‘rnini shu yil avgustidan buyon O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamshid Abduhakimovich Xo‘jayev egallaydi.
Elyor G‘aniyevning keyingi faoliyati haqida hozircha ma'lumot yo‘q.
1960 yilda Sirdaryo viloyatida tug‘ilgan Elyor G‘aniyev 1997-2002 yillarda Tashqi Iqtisodiy aloqalar vaziri, 2002-2005 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar agentligi raisi (bosh vazir o‘rinbosari), 2005-2006 yillarda Tashqi ishlar vaziri (bosh vazir o‘rinbosari), 2006-2010 yillarda Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri bo‘lib ishlagan. U 2010-2012 yillarda yana Tashqi ishlar vaziri (O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari), 2012 yil yanvaridan O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi rahbari sifatida faoliyat ko‘rsata boshlagandi.
Shu yilning aprelida Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Tashqi savdo vazirligi etib qayta tashkil qilingandi.
Mavzuga oid
14:26 / 12.05.2023
«Tuya go‘shti yegan» pulli yo‘llar, abgor bo‘layotgan trassalar: o‘zbekistonliklar sifatli yo‘llarni qachon ko‘radi?
00:13 / 07.08.2020
Manba: Elyor G‘aniyev Transport vazirligini tark etdi
12:21 / 24.07.2020
Eron – Afg‘oniston – O‘zbekiston yo‘nalishida ilk avtokarvon tashkil etiladi
08:05 / 06.03.2020