Jahon | 15:32 / 28.11.2017
13298
1 daqiqa o‘qiladi

KXDRning yadro dasturi qachon yakunlanishi mumkinligi aytildi

Foto: KCNA

Koreya Respublikasining Birlashuv vazirligidan ma'lum qilishlaricha, KXDR rahbariyati o‘zining yadroviy dasturi yakunlangani haqida yil davomida e'lon qilishi mumkin, deb xabar bermoqda Reuters.

«Ekspertlarning fikricha, Shimoliy Koreyaga buning uchun ikki-uch oy vaqt talab etiladi, biroq ular o‘zlarining yadroviy imkoniyatlarini taxmin qilinganidan ham tezroq rivojlantirmoqda, hamda biz Pxenyan o‘zining yadroviy dasturi yakunlangani haqida yil davomida e'lon qilishi mumkin ekanini istisno qila olmaymiz», - deya ma'lum qilgan vazirlik rahbari.

Avvalroq KXDRning Los-Anjyelesga ehtimoliy yadro zarbasi oqibatlari hisoblab chiqilgandi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid