15:30 / 07.12.2017
19163

«​Hajga boruvchilar uchun hech qanday qo‘shimcha «qattiq» choralar belgilanmagan»​ - Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Foto: Din ishlari bo‘yicha qo‘mita

Joriy yilning 1 dekabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasining «Haj haqida» fatvosi e'lon qilingandi. Fatvoda islom dinining beshinchi farzi hisoblangan Haj ziyorati to‘g‘risida so‘z yuritilgan.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Masjidlar bo‘limi xodimi M.Yo‘ldoshevning ta'kidlashicha, mahalliy va xorijiy internet saytlarida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan chiqarilgan fatvo chop etilib, keng bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi, internet saytlarida ushbu masalaga fikr bildirilmoqda.

«​Ayrim saytlarda «O‘zbekistonda haj safariga chiqishni istovchilar uchun talablar qattiqlashtirildi» ma'nosidagi sharh berilgan. Shuningdek, «endilikda Hajga borishni istaganlar... mahallada yoshlar diniy ta'limi bo‘yicha ko‘mak berishi lozim» – deb da'vo qilinmoqda”, deyiladi xabarda.

Ta'kidlash joizki, Fatvoda musulmonlarning hajga borishlari uchun hech qanday qo‘shimcha «qattiq» choralar belgilanmagan. Qo‘mita vakilining aytishicha, fatvoda qayd etilgan tavsiyalar hojilarning halollik va poklikda, ma'naviyat va ma'rifatda, savob ishlarda namuna bo‘lishlariga qaratilgan bo‘lib, ushbu tavsiyalar islom shariati talablari, qolaversa, o‘zbek xalqining asrlar osha shakllangan milliy qadriyatlariga asoslanadi.

Shuningdek, Fatvoda haj safariga borish uchun talabgorlar yoshlarga «diniy ta'lim bo‘yicha ko‘mak berishi» emas, balki yoshlar tarbiyasida, ularning turli jinoyatlarga qo‘l urmasliklari uchun jonkuyar bo‘lishlari tavsiya qilingan.

Mavzuga oid
Top