23:38 / 07.12.2017
20895

Putin va Erdo‘g‘an Al-Qudsni muhokama qilishdi

Foto: Mixail Mettsel/TASS

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Turkiya davlat rahbari Rajab Toyyib Erdo‘g‘an bilan suhbatlashdi va u bilan Al-Qudsni Isroil poytaxti deb tan olish masalasini muhokama qildi. Kreml matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.

"Ikki tomondan ham AQShning Al-Qudsni Isroil poytaxti sifatida tan olishga doir qarori va Amerika elchixonasini Tel-Avivdan u yerga ko‘chirish rejasi haqida e'lon qilishiga jiddiy xavotir bildirildi. Bunday qadamlar Yaqin Sharqning tinchlik jarayoni  istiqbollarini yo‘qqa chiqarishi mumkin", - deyiladi xabarda.

Tomonlar shuningdek mintaqadagi keskinlikni yanada kuchaytirishga yo‘l qo‘ymaslik kerakligini ta'kidlab, Rossiya va Turkiyaning Yaqin Sharq inqirozini BMT Xavfsizlik Tashkiloti va Bosh Assambleyasining tegishli rezolyutsiyalari asosida adolatli va munosib hal qilishiga sodiqligini tasdiqlashdi.

Top