Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisi bölib ötdi. Deputatlar Özbekiston Respublikasining 2018 yilgi Davlat byudjyeti va davlat maqsadli jamğarmalarining byudjyetlari, şuningdek soliq va byudjyet siyosatining asosiy yönalişlarini körib çiqdilar.

Deputatlar ta'kidladilarki, joriy yilda belgilangan çora-tadbirlarni öz vaqtida va töliq moliyalaştirişni ta'minlaşga qaratilgan kuç-ğayratni safarbar etiş yuzasidan talay tizimli işlar amalga oşirildi. Bunda mahalliy byudjyetlar mustaqilligini oşiriş, daromadlar tuşumlarining qöşimça manbalarini aniqlaş, şuningdek ularni jalb etiş hisobiga byudjyetning daromad qismini şakllantiriş borasida sifat jihatidan yangiça yondaşuvlardan foydalanildi. Bularning barçasi pirovard natijada belgilangan makroiqtisodiy körsatkiçlarga erişiş imkonini berdi. Joriy yil byudjyeti barça nazarda tutilgan xarajatlar bajarilgan va tasdiqlangan dasturlar moliyalaştirilgan holda YaIMga nisbatan 0,1 foiz profitsit bilan ijro etilişi kutilmoqda.

Davlat byudjyeti birinçi marta jahon moliya institutlari tomonidan e'tirof etilgan makroiqtisodiy körsatkiçlar, baholaş indekslari asosida tuzilganligi körsatib ötildi. 2018 yilda YaIM 290,6 trln. söm miqdorida bölişi prognoz qilinmoqda, deflyator 14,1 foizni, iste'mol narxlari indeksi 12-13 foizni taşkil etadi. Davlat byudjyetini YaIMga nisbatan 0,02 foiz profitsit bilan tasdiqlaş taklif etildi.

Şu bilan birga, 2018 yilgi soliq siyosatining xöjalik yurituvçi sub'yektlar va aholi daromadlariga soliq yukini yanada kamaytirişni, mahalliy byudjyetlar daromadini oşirişni nazarda tutuvçi asosiy yönalişlari belgilanganligi alohida e'tirof etildi. Jismoniy şaxslar daromadidan olinadigan soliq yuki darajasini fuqarolarning şaxsiy jamğarib boriladigan hisobraqamlariga ajratmalar miqdorini 1 foizdan 2 foizgaça oşiriş hisobiga kamaytiriş, yakka tartibdagi tadbirkorlar uçun qat'iy belgilangan soliq stavkasini pasaytiriş taklif etildi. Şuningdek bir xildagi soliq solinadigan bazaga ega bölgan soliqlar va tölovlarni birlaştiriş yöli bilan soliqlar hamda boşqa majburiy tölovlar sonini qisqartiriş taklif etilmoqda.

Prognoz körsatkiçlar 2018 yilda ijtimoiy sohani qöllab-quvvatlaş böyiça işlar davom ettirilişidan dalolat bermoqda. Xususan, ijtimoiy soha xarajatlari 34,7 trln. sömni taşkil etadi.

Deputatlar tibbiy xizmatning avtomobil parkini yangilaş, respublika va hududiy muvofiqlaştiriş-dispetçerlik xizmatlarining ma'lumotlarini yagona uzatiş tarmoğiga birlaştiriş böyiça işlarni davom ettirişga taalluqli takliflarni qöllab-quvvatladilar. Ana şu maqsadlar uçun