10:55 / 10.01.2018
34067
Reklama

«Yil abituriyenti» respublika tanlovi

Endi abituriyent talabalikka ham, avtomobilga ham, kompyuterga ham bir vaqtda ega bo‘lishi mumkin.

Foto: imtihonpress.uz

Respublikada istiqomat qilayotgan oliy o‘quv yurtiga topshirmoqchi abituriyentlar tanlovda ishtirok etish huquqiga ega.

Tanlov 4 yo‘nalishda (Ijtimoiy, iqtisodiyot, texnika va tibbiyot yo‘nalishlarida) o‘zbek tilida tashkil qilinadi.

Tanlov ikki bosqichda tashkil etiladi:

1. Saralash bosqichi 2. Final bosqichi

Saralash bosqich tanlovi

2018-yil yanvar oyi boshidan 20 iyunga qadar davom etadi.

Final bosqich tanlovi

Tanlovning Respublika Respublika bosqichi bo‘lib, 24 iyunda Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

Foto: imtihonpress.uz

TANLOV ShARTLARI

Ishtirokchilar «Imtihon» gazetasining yanvar oyidagi ilk sonidan boshlab iyun oyi o‘rtalarigacha bo‘lgan barcha sonlari (1-12-sonlar) da bosilgan o‘z yo‘nalishidagi 3 ta fan testini ishlashadi, gazetadagi javoblar varaqasini to‘ldirishadi va rasmga olib telegramdagi https://t.me/yil_abituriyenti guruhga joylashadi yoki pochta orqali tahririyat manziliga yuborishadi. Har sondagi natijalar www.imtihonpress.uz saytidagi «Yil abituriyenti» bo‘limida e'lon qilib boriladi. Necha ball to‘plagani, ayni paytda ishtirokchilar reytingida qaysi pog‘onani band etib turgani haqida ma'lumotga ega bo‘lishadi.

Gazetadagi javoblar varaqasida ishtirokchining ismi-sharifi (pasporti bo‘yicha), manzili va telefon raqami so‘raladi. Javoblar varaqasi raqamlangan va muhrlangan bo‘ladi.

Tanlovda ishtirok etayotgan abituriyent gazetada chop etilgan testni bir necha bor yechishi mumkin, lekin natija borasida doim birinchi yetib kelgan natija inobatga olinadi.

Final yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan abituriyentlar ro‘yxati hamda final bosqichining imtihon o‘tkazish tartibi, joyi, sanasi «Imtihon» gazetasi, imtihonpress.uz va ijtimoiy tarmoqlardagi telegram, instagram va facebook guruhi orqali e'lon qilinadi.

Saralash bosqichiga ixtiyoriy vaqtdan boshlab qo‘shilishi mumkin, lekin ballari yig‘indisi yuqori bo‘lgan abituriyentlar yakuniy bosqichga jalb qilinadi. Shuning uchun hech bir bosqichni qoldirmaslik va tanlovning boshidan ishtirok etish tavsiya qilinadi.

Final bosqich bosqich iyun oyida Toshkent shahrida o‘tkaziladi.

G‘OLIBLARNI ANIQLASh

G‘oliblar o‘sha kunning o‘zida aniqlanadi, e'lon qilinadi va 30 iyun «Yoshlar kuni» munosabati bilan tashkil etiladigan tadbirda taqdirlanadi.

4 ta yo‘nalishdan ko‘pi bilan 3 tadan g‘olib e'lon qilinadi.

Final bosqichida g‘oliblar safi dan o‘rin olish uchun 150 va undan yuqori ball to‘plashi lozim.

Minimal ballni to‘play olmagan abituriyent g‘oliblik mukofotini qo‘lga kirita olmaydi.

Finalda ballar bir xil bo‘lib qolgan taqdirda qo‘shimcha sinov tashkil etiladi.

1-o‘ringa nomzodlar bir xil ball to‘plasa, qo‘shimcha sinov orqali 1- va 2-o‘rin masalasiga oydinlik kiritiladi;

2-o‘ringa nomzodlar bir xil ball to‘plasa, qo‘shimcha sinov orqali 2- va 3-o‘rin masalasiga oydinlik kiritiladi;

3-o‘ringa nomzodlar bir xil ball to‘plasa, qo‘shimcha sinov orqali g‘olib aniqlanadi.

Foto: imtihonpress.uz

G‘OLIBLARNI TAQDIRLASh

Tanlovda har bir yo‘nalish bo‘yicha 1-, 2-, 3-o‘rin sohib(a)lari belgilangan mukofotlar bilan, qolgan ishtirokchilar esa esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanadilar.

Belgilangan mukofotlar har bir yo‘nalishga o‘rinlar uchun quyidagicha taqsimlangan:

1 ta I o‘rin – oltin medal va noutbuk

1 ta I o‘rin – kumush medal va televizor

1 ta III o‘rin – bronza medal va smartfon

Shuningdek, tanlovda yo‘nalishlarning barchasi ichida eng yuqori ball to‘plagan ishtirokchi tanlovning bosh mukofoti «MATIZ» avtomashinasi bilan taqdirlanadi.

Murojaat uchun

Telefonlar: +99894 309 99 44

                    +99894 302 99 44 

                    +99894 304 99 44

Ma'lumot uchun

Telegram: @yilabituriyenti_uz   (guruh)            

                   @yilabituriyenti2018 (kanal)

Facebook: fb.com/Imtihon.uz/

Instagram: instagram.com/Imtihon.uz

Website: www.imtihonpress.uz

Reklama huquqi asosida

Top