10:56 / 11.01.2018
216461

Islom Karimovning aka-ukalari bilan birga tushgan surati e'lon qilindi

Islom Karimov fondi Facebook’dagi sahifasida O‘zbekiston birinchi prezidentining aka-ukalari qurshovidagi avval noma'lum bo‘lgan suratini e'lon qildi.

Foto: Facebook/IslamKarimovFoundation

Suratda 27 yoshli Islom Karimov (chapdan uchinchi) aka-ukalari Quddus, Ibodullo va Xurshid bilan tasvirlangan. Fotosurat Samarqandda 1965 yilda olingan, deyiladi izohda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Islom Karimov fondi O‘zbekiston birinchi prezidentining oilasiga aloqador yangi fotosuratni e'lon qilgandi.

Fond O‘zbekiston birinchi prezidenti xotirasini abadiylashtirish maqsadida 2016 yilning oktabrida Tatyana Karimova va Lola Karimova-Tillayeva tomonidan tashkil etilgan.

Top