AQShda sahnalashtiruvchi rassom, «Oskar» mukofotini ikki marta qo‘lga kiritgan Terens Marsh 87 yoshida hayotdan ko‘z yumdi. Bu haqda Variety xabar bermoqda.
Ta'kidlanishicha, Marsh Kaliforniyadagi o‘z uyida vafot etgan.
U so‘nggi bir necha yil davomida saraton kasalligi bilan kurashib kelgani aytilmoqda.
Marsh «Oskar»ni «Doktor Jivago» va «Oliver!» filmlaridagi ishlari uchun olgan.