13 yanvar kuni taniqli adib, Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi, özbek adabiyoti zahmatkaşlaridan biri Nosir Fozilov kasalxonada 90 yoşida vafot etdi. Bu haqda özbekistonlik şoir Xurşid Davron öz sahifasida xabar bergan.
«El-yurt hurmati» ordeni sohibi, Davlat mukofoti, «Tinçlik va ma'naviy hamjihatlik uçun» xalqaro mukofoti (Qozoğiston) sovrindori — yozuvçi, tarjimon va muharrir Nosir Fozilov özbek adabiyotiga XX asrning 50-yillari ikkinçi yarmida kirib kelgan, ötgan vaqt davomida 70dan ortiq kitob çop ettirgan. Şundan 30ga yaqini mualliflik asarlari bölib, qolganlari tarjima kitoblardir.
Nosir Fozilov 1929 yili Qozoğistonning Çimkent viloyatiga qaraşli Turkiston tumanidagi Koriz qişloğida tavallud topgan. Bolaligi uruş davriga töğri kelgani, ham öqib, ham işlagani bois tengdoşlaridan ança keç, 1949 yili örta maktabni tugatgan. Söng Toşkentga kelib, dorilfununga öqişga kirgan, 1954 yili oliy ta'limni tamomlagan. «Gulxan», «Şarq yulduzi» kabi jurnallarda va «Yoş gvardiya», Ğafur Ğulom nomidagi adabiyot va san'at naşriyotlarida turli lavozimlarda işlagan.
Adibning birinçi hikoyasi «Lenin uçquni» gazetasida 1953 yili bosilgan bölsa, birinçi kitobi 1959 yili «Irmoq» nomi bilan çop qilingan. Söngra «Oqim» (1962), «Robinzonlar» (1964), «Quş qanoti bilan» (1965), «Qorxat» (1968), «Köklam qissalari» (1970), «Diydor», (1979), «Tanlangan asarlar» 2 jildlik (1983—84), «Bolaligim — poşşoligim» (1989), «Bir otar töpponça» (1995) kabi önlab kitoblari naşrdan çiqqan.
Nosir Fozilov tarjimon sifatida ham samarali ijod qilgan. Abay, Muxtor Avezov, Sobir Muqonov, Ğabit Musrepov, Ğabiden Mustafin, Abdulla Tojiboyev, Abdijalil Nurpeisov kabi köplab qozoq adiblari asarlarini özbekçaga ögirgan. Qirğiz, qoraqalpoq va boşqa tillardan ham köplab sara asarlarni özbekçalaştirgan.
Yozuvçiga 1985 yili «Şum bolaning nabiralari» kitobi uçun Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasining Ğafur Ğulom nomidagi, 1986 yili qozoq adabiyotidan qilgan tarjimalari uçun Qozoğiston Yozuvçilar uyuşmasining Bayimbet Maylin nomidagi, «Ustozlar davrasida» asari uçun esa Hamza nomidagi Davlat mukofoti berilgan. 1994 yili Qozoğiston prezidenti ta'sis etgan «Tinçlik va ma'naviy hamjihatlik uçun» xalqaro mukofoti sovrindori bölgan. 1990 yili «Özbekistonda xizmat körsatgan san'at arbobi» unvoni, 1999 yili «El-yurt hurmati» ordeni, 2011 yili esa «Topdimu yöqotmadim» kitobi uçun Davlat mukofoti bilan taqdirlangan.








