2017 yil davomida naqd pul muomalasi mamlakat iqtisodiyotida, şu jumladan pul-kredit sohasida amalga oşirilgan islohotlar ta'sirida özgarib bordi, deb xabar bermoqda Markaziy bank axborot xizmati.
Qayd etilişiça, 2017 yilning birinçi yarmi davomida tijorat banklari kassalaridan naqd pul çiqimlarining umumiy hajmi bank kassalariga kelib tuşgan naqd pul miqdoriga nisbatan sezilarli darajada köproq böldi.
Xususan, yanvar-iyun oylari davomida bank kassalariga 11,8 trln. söm naqd pul tuşgan bölsa, bank kassalaridan amalga oşirilgan çiqim 17,1 trln. sömni taşkil etdi. Natijada, muomaladagi naqd pullar miqdori yil boşiga nisbatan 5,3 trln. sömga oşib, 2017 yilning 1 iyul holatiga 18,6 trln. sömni taşkil etdi.
Ötgan yil iyul-dekabr oylarida bank kassalariga 27,7 trln. söm naqd pul tuşgan bölsa, bank kassalaridan amalga oşirilgan çiqim 28,6 trln. sömni taşkil etdi. Natijada, iyul-dekabr oylarida muomaladagi naqd pullar miqdori 0,9 trln. sömga oşişi kuzatilib, bunday ösiş sentabr-dekabr oylari davomida aholidan naqd valyutani sotib oliş va paxta yiğim-terim mavsumi bilan boğliq xarajatlar hamda iş haqi, pensiya, stipendiya va ijtimoiy nafaqalarni oşirilişi natijasida qöşimça 8,5 trln. söm miqdoridagi naqd pulga bölgan talabning yuzaga kelişi bilan izohlanadi.
Ötgan 2017 yilda bank kassalariga tuşgan naqd pullar hajmi 39,5 trln. sömni taşkil etdi. Uşbu davrda jami naqd pul tuşumlarida tovarlarni sotişdan tuşum uluşi 47% (18,7 trln. söm), pullik xizmat körsatiş sohasidan tuşum – 15% (5,9 trln. söm), aholining bank omonatlariga joylaştirgan pullari – 14% (5,6 trln. söm), soliqlar va boşqa majburiy yiğimlar – 11% (4,2 trln. söm), boşqa sohalardan tuşum – 13% (5,1 trln. söm)ni taşkil etdi.
Iyul-dekabr oylarida bank kassalariga 27,7 trln. söm tuşib, yanvar-iyun oylariga nisbatan 15,9 trln. söm yoki 2,3 martaga köpaydi. Şundan, tovarlarni sotişdan tuşgan naqd pullar hajmi 7,8 trln. söm yoki 2,4 barobar, pullik xizmat körsatiş sohasidan 2,4 trln. söm yoki 2,4 barobar, aholining bank omonatlariga topşirgan pullari 800 mlrd. söm yoki 1,3 barobar, soliqlar va boşqa majburiy yiğimlar 2,5 trln. söm yoki qariyb 4 barobar va boşqa sohalardan tuşumlar 2,4 trln. söm yoki 2,9 barobarga oşgan.
2017 yilda jami naqd pul tuşumida Toşkent şahrining uluşi 36%, Samarqand 10%, Toşkent va Farğona viloyatlarida 8%, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlarida 5%, Buxoro, Qaşqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida 4%, Navoiy viloyati va Qoraqalpoğiston Respublikasida 3%, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida 2% ni taşkil etdi.












