2018 yilda tibbiyot inshootlarini qurish uchun 803 mlrd so‘m ajratilishi rejalashtirilgan
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining axborot xizmatidan ma'lum qilishlaricha, 2017 yil investitsiya dasturi doirasida Sog‘liqni saqlash vazirligi tizimidagi 181 ta davolash-profilaktika muassasalarida 552,6 mlrd.so‘mlik qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi.
Joriy yilda bu sohadagi ishlarni yanada kengaytirish, xususan, vazirlik tizimidagi 310 ta tibbiyot inshootlarida qurilish, rekonstruksiya, kapital ta'mirlash va ularni jihozlash uchun 803,6 mlrd. so‘m mablag‘ ajratilishi rejalashtirildi.
Sohani malakali kadrlar bilan ta'minlash ham ustuvor vazifalardan biridir.
2017 yil 12 dekabr kuni Prezident raisligida tibbiyot sohasi vakillari bilan bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda ushbu masala ham ko‘tarilgan edi. Davlat rahbari sog‘liqni saqlash tizimida hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni hududlar kesimida tahlil qilib, joylardagi tibbiyot muassasalarining kadrlar ta'minoti va salohiyati yetarli emasligi, buning sabablari, oqibat va yechimlari xususida to‘xtalgan edi.
Sog‘liqni saqlash vazirligi bu vazifalarni hal etish maqsadida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda hududlar, tumanlar va muassasalar kesimida tibbiyot kadrlariga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganib chiqdi.
O‘rganish natijasida vakant o‘rinlar aniqlanib, ularni malakali kadrlar bilan to‘ldirish yuzasidan bir qator amaliy choralar ishlab chiqildi. Xususan, tibbiyot oliy ta'lim muassasalari bitiruvchilarini maqsadli yo‘naltirishga alohida e'tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda joriy yil yanvar oyida tibbiyot oliy ta'lim muassasalarining 7-bosqich bakalavriat bitiruvchilari yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazildi va ulardan 1811 nafari umumamaliyot shifokori sifatida ishga yo‘llanma oldi. Buning natijasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Buxoro, Samarqand, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida umumiy amaliyot shifokoriga bo‘lgan vakansiyalar to‘liq qoplandi.
Bundan tashqari, 926 nafar 2-bosqich klinik ordinatura bitiruvchilaridan 907 nafarini tor soha mutaxassisi sifatida ishga joylashtirish hisobiga tor doiradagi mutaxassislarga bo‘lgan vakansiyalar yana qisqaradi. Shuningdek, bu yil tibbiyot oliy o‘quv yurtlarida bakalavriatura yo‘nalishida ta'lim olayotgan 6-bosqich talabalar ham o‘qishni yakunlab ishga yo‘l oladi.
Yana bir yangilik – joriy yildan boshlab pensiya yoshidagi shifokorlar mehnat faoliyatini davom ettirgan taqdirda ularga oylik maosh va pensiya to‘liq miqdorda to‘lanadigan bo‘ldi.
O‘tkazilayotgan ushbu amaliy sa'y-harakatlar natijasida joriy yilda umumiy amaliyot shifokorligi bo‘yicha bo‘sh o‘rinlar 82 foiz, tor mutaxassisliklar bo‘yicha esa 55 foiz qoplanishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:57 / 06.05.2022
Toshkent shahar bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi tashkil etildi
20:14 / 05.05.2022
Buloqboshi tumanida tug‘ruq jarayonidagi chaqaloq o‘limi bo‘yicha mas’ullar lavozimidan ozod etildi
19:30 / 05.05.2022
O‘zbekistonda tez yordam chaqiruvlari rivojlangan davlatlardagidan 6-7 baravar ko‘pligi aytildi
19:22 / 05.05.2022