Sport | 13:25 / 10.02.2018
21633
1 daqiqa o‘qiladi

Qishki olimpiada o‘yinlarida dastlabki oltin medal egasi aniq bo‘ldi

Foto: BBCSport

Janubiy Koreyaning Pyongchang shahrida bo‘lib o‘tayotgan Qishki olimpiada o‘yinlarining dastlabki oltin medali sohibi aniq bo‘ldi. Dastlabki oltin medal ayollar o‘rtasidagi tog‘ chang‘isining skiatlon turida aniqlandi.

Ikkita 7,5 kmdan iborat (dastlab klassik, keyinchalik erkin usuldagi poyga) 15 kmlik skiatlon bahslarida shvetsiyalik Sharlotta Kalla 40 daqiqa 44 soniyadada marraga birinchi bo‘lib yetib keldi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu Sharlottaning olimpiadalardagi uchinchi oltin medaliga aylandi.

Musobaqa favoritlaridan biri bo‘lgan norvegiyalik Marit Byorgen 7,8 soniya ortda qolib ikkinchi, finlyandiyalik Krista Parmakoski  (+10,1 soniya) uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Azamat Murodov
Tayyorlagan Azamat Murodov
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid