Sport | 22:37 / 10.02.2018
13031
1 daqiqa o‘qiladi

Olimpiada-2018: Germaniya medallar bo‘yicha yetakchilik qilmoqda  

Foto: superdaddy

Germaniya terma jamoasi 2018 yilgi Olimpiadaning ilk kuni natijalariga ko‘ra medallar hisobida yetakchilik qilmoqda. Terma jamoasi hisobida 2 ta oltin medal bor.   

2-o‘rinni Niderlandiya terma jamoasi egallamoqda. Ushbu davlat sportchilari bittadan oltin va bronza hamda 2 ta kumush medalni qo‘lga kiritishgan.

Shvetsiya va Janubiy Koreya bittadan oltin medalga ega bo‘lib, 3-4-o‘rinlarni bo‘lishishmoqda.

5-o‘rinni 3 ta kumush va bitta bronza medal qo‘lga kiritgan Norvegiya terma jamoasi egallamoqda.

Keyingi o‘rinlarni bittadan bronza medallariga ega Rossiya, Finlyandiya, Chexiya terma jamoalari egallamoqda.

2018 yilgi Olimpiadaning ilk oltin medalchisi shvetsiyalik chang‘ichi Sharlott Kalla bo‘ldi. U skiatlon (7,5 km klassik yurish+7,5 km konkicha yurish) yo‘nalishida g‘olib bo‘ldi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid