Jamiyat | 10:41 / 22.02.2018
25643
5 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Ikkilamchi bozordan turar-joy sotib olayotganda qanday xatolardan qochish kerak?

Foto: Solido

Ko‘pchilik ko‘ngildagidek uyni topishni xuddi bir katta musibatdek qabul qilishadi.

O‘nlab uy ko‘rishlar, turli obektlarning afzalliklari hamda kamchiliklarini solishtirish, xonadon qulayliklari mezonlarini ko‘rib chiqish zaruriyati – bularning bari har kimni ortiqcha tashvishga solishi aniq!

Agarda siz yetarlicha tajriba, ko‘nikma va uy oldi-sotdisi tushunchasiga ega bo‘lmasangiz, albatta, ko‘chmas mulk xarid qilishda yoki sotishda xavf-xatarlarga duch kelishingiz mumkin.

Ko‘chmas mulk portali Uybor.uz  “Solido” rieltor tashkiloti bilan hamkorlikda xaridorlar ikkilamchi bozorda uy sotib olayotganda duch kelishi mumkin bo‘lgan asosiy xavf-xatarlarni aniqlashdi.

Foto: Solido

Ko‘chmas mulk bozorida keng tarqalgan xavf-xatarlar:

  • Uy sotib olish to‘g‘risidagi shartnomani haqiqiy emas deb topilishi;

Masalan, agarda uyning avvalgi egasi muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarodan ko‘chmas mulkni olgan bo‘lsa, sud ilgariroq tuzilgan oldi-sotdi shartnomasini haqiqiy emasligi to‘g‘risida hukm chiqarishi mumkin. Yangi uy egasi hukumatdan ayrim tovon to‘lanishini kutsa-da, lekin pul miqdori sotib olingan mulkning narxiga nisbatan kamroq bo‘lishi mumkin. Shubhasiz, agarda xonadon qisqa vaqt oralig‘ida bir necha marotaba sotilgan bo‘lsa, uyning avvalgi shartnomalari tarixi va ishtirokchilarini o‘rganib chiqish zarur.

  • Xonadondan avvaldan ro‘yxatga olingan shaxslarni chiqarib yubora olmaslik;

Xonadonga ro‘yxatga olingan, lekin mulkka egalik qilmagan shaxslar chiqib ketishdan bosh tortishi mumkin. Bu kabi holatlar qarindoshlar bilan bir qatorda mazkur uyda ro‘yxatdan o‘tgan begona odamlar bilan ham sodir bo‘lishi mumkin. Shu sababli, xonadonda ro‘yxatga olingan fuqarolar to‘g‘risidagi ma'lumotlar, vasiylik kengashi qarorlari mavjudligini tegishli tartibda tekshirish hamda oldi-sotdi shartnomasi tuzilmasidan avval ro‘yxatdagi shaxslar roziligini olish zarur.  

  • Uchinchi shaxslar e'tirozining kelib chiqishi va sotib olingan uy-joy hisobiga ularning talablari qondirilishi;

Agar mulk garovga qo‘yilgan yoki sotish uchun ta'qiq qo‘yilgan bo‘lsa, uy oldi-sotdisini amalga oshirib bo‘lmaydi. Notariuslar avtomatlashtirilgan «Notarius» axborot tizimi bazasiga kirish huquqiga ega bo‘lgan holda, bitim tuzishdan avval ta'qiq holatini tekshirishadi.  Biroq, xaridor omonat berishdan avval o‘zi mustaqil ravishda tasdiqlashi kerak. Buning yo‘li oson: Toshkent shahar Yer resurslari va davlat kadastr boshqarmasi bo‘yicha Yagona darchada tekshirish mumkin.

  • Avans pul bilan bog‘liq muammolar

Sotuvchi avans pulni avvaldan olib qo‘yib, oqibatda uyni sotishdan bosh tortishi yoki omonatni qaytarmasligi kabi holatlar juda ko‘p uchraydi. Bu kabi ko‘ngilsizliklardan qochish uchun avans to‘lov bo‘yicha shartnomani to‘g‘ri tuzish zarur. Bundan tashqari, avans shartnomasini huquqiy hujjatlar originali bilan amalga oshirish kerak.  Faqat shundan so‘nggina, boshlang‘ich to‘lovni amalga oshirish mumkin.

Shartnoma oldidan siz sotuvchi bilan xonadonni buyumlardan bo‘shatish muddati va ro‘yxatga yozilganlarni barchasini ro‘yxatdan o‘chirish haqida ham kelishib olishingiz zarur. Bularning bari oldi-sotdi shartnomasida ko‘rsatilishi kerak.  Shartnomaning barcha tomonlari va ishtirokchilari bitim shartlari bilan yaxshi tanishib chiqqan bo‘lishlari juda muhim. Nihoyat, bitim qatnashuvchilari o‘zaro kelishib, sharnomaga qo‘l qo‘yish uchun bir kunni belgilashi kerak.

Agarda siz Toshkent shahridan ko‘chmas mulk, turar-joy xarid qilish istagida bo‘lsangiz, ishonchli manba - Uybor.uz saytidan foydalaning.  Shuningdek, Toshkentdagi ko‘chmas mulklarni topish va to‘g‘ri bitim tuzishga yordam beruvchi “Solido” Rieltor tashkiloti ga murojaat qiling.

Reklama huquqi asosida