Hindistonlik jurnalistlar O‘zbekistonning to‘rt shahriga sayohat qilishdi
Hindistonning “Sunday Indian” gazetasining bosh muharrir o‘rinbosari – Savrab Kumar Shaxi hamda “Indian Blooms” gazetasining bosh muharriri Sudjoy Dxar Toshkent, Xiva, Samarqand va Buxoroga tashrif buyurishdi. Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Hindistonlik mehmonlar Buyuk Ipak yo‘lining Xitoydan Rimgacha olib boruvchi eng muhim chorrahalaridan birida joylashgan Buxoro shahriga sayohat uyushtirib, 2500 yillik Buxoroning tor ko‘chalarida kezib, ko‘k gumbazli hashamatli inshootlar hamda kichik loysuvoq uylardan zavq olishdi.
O‘rta Osiyoda Somoniylar davri me'morchiligining nodir namunalaridan biri bo‘lgan Somoniylar maqbarasi, bir necha asrlar davomida Buxoro hukmdorlarining rasmiy yashash joyi bo‘lgan Ark qal'asi, Poi Kalon, Minorai Kalon me'moriy majmualari, Samarqand shahridagi Bibixonim masjididan keyin O‘rta Osiyodagi ikkinchi eng katta masjid – Masjidi Kalon, Mir Arab madrasasi, Buxoro ahli va mehmonlarining sevimli joyi Labi Hovuz, Chor Minor majmuasi, Mog‘aki Attor masjidi, Ko‘kaldosh, Ulug‘bek madrasalari, G‘arb va Sharq me'morchiligi uyg‘unligida qurilgan Sitorai Mohi Xosa hind jurnalistlarida o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Bundan tashqari, mehmonlar Samarqandning tarixiy obidalari, muqaddas qadamjolari va mustaqillik yillarida barpo etilgan bino va inshootlar, sayohlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Hindistonlik jurnalistlar Go‘ri Amir maqbarasi, Bibixonim jome masjidi, Ulug‘bek madrasasi, Shohi Zinda maqbaralar majmuasi, Imom Al-Buxoriy yodgorlik majmuasi, Ruhobod maqbarasi, Tilla Qori, Sherdor madrasalari hamda Hazrati Hizr masjidi bo‘ylab sayohat qilishar ekan, shahardagi arxitektura yodgorliklari Misr, Xitoy, Hindiston, Gretsiya, Italiya kabi davlatlarda yaratilgan me'morchilik obidalaridan aslo qolishmasligini ta'kidlab o‘tishdi.
Shuningdek, ular Xiva shahridagi "Nurullaboy" (besh hovli), Ichan qal'a - Ichki shahar va Dishan qal'a - Tashqi shahar, Said Alauddin maqbarasi, Kalta Minor, Muhammad Aminxona madrasasi, Olloqulixon karvonsaroy va madrasasi, Pahlavon Mahmud madrasasi, Tosh-Hovli saroyi, Ko‘hna Ark majmuasi, Islom Xo‘ja madrasasi va minorasi hamda Polvon darvozasi bo‘ylab sayohat qilishdi va Xivani haqiqatda muzey-shahar ekanini ta'kidlashdi. Mehmonlar milliy Xorazm raqsini maroq bilan kuzatishdi.
Xususan, Kaffol-Shoshi maqbarasi(15-asr), Hazrati Imom arxitekturaansambli(16-asr), Abul Qosim madrasasi(19-asr), Baroqxon madrasasi(16-asr), zamonaviy arxitektura durdonasi hisoblanmish Amir Temur muzeyi, Amir Temur maydoni, Mustaqillik maydoni, Hasti Imom maydoni kabi tarixiy vaarxitektura yodgorliklari, Chorsu bozori va Shastri haykali mehmonlarda o‘zgacha taassurot qoldirdi.
Bundan tashqari, hind jurnalistlari azim poytaxt - Toshkent shahrining diqqatga sazovor maskanlarini tomosha qilishdi. Xususan, Kaffol-Shoshi maqbarasi, Hazrati Imom me'morchilik ansambli, Abul Qosim madrasasi, Baroqxon madrasasi, Amir Temur muzeyi va maydoni, Mustaqillik maydoni, Chorsu bozori va Shastri haykali ularda katta taassurot qoldirdi.
Hindistonlik mehmonlarga Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi hududiy boshqarmalari tomonidan esalik sovg‘alari topshirildi.
Mavzuga oid
17:36 / 14.11.2024
Hindiston xalqaro aeroportida havoning ifloslanishi tufayli 200 dan ortiq reyslar kechiktirildi
23:32 / 13.11.2024
Florensiya «haddan ziyod turizm»ga qarshi kurash bo‘yicha yangi choralar qabul qildi
19:27 / 13.11.2024
Pokiston va Hindistonni qoplagan tutun koinotdan ko‘rina boshladi
19:10 / 13.11.2024