Yaqin qöşnilar bölgan özbek va tojik xalqlari qadim zamonlardan döstlik va hamjihatlikda yaşab kelgan. Bugun prezidentlar Şavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmonning siyosiy irodasi tufayli mamlakatlar örtasidagi munosabatlar ijobiy rivojlanmoqda, deb yozadi “Jahon” AA.
Qisqa vaqt içida ikki davlat rahbarining davlatlararo munosabatlardagi konstruktivizmga bölgan sa'y-harakati natijasida hamkorlikning köplab sohalarida yutuqlarga erişildi. Boş vazir Kohir Rasulzoda boşçiligida Tojikiston hukumat delegatsiyasining yaqinda Farğonaga amalga oşirgan taşrifi, davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça Hukumatlararo komissiya yiğilişi hamda yangi nazorat-ötkaziş punktlarining oçilişi va amaldagilari modernizatsiyasi Toşkent va Duşanbe pragmatizm va özaro manfaat asosida aloqalarni yölga qöyiş böyiça qat'iy pozitsiyada ekanini yana bir bor körsatdi.
Sir emaski, uşbu qadamlar ikki xalq, oddiy fuqarolar örtasida aloqalarni rivojlantirişga yordam beradi (people-to-people exchanges). Bu, öz navbatida, har ikki davlat hali amalga oşirilmagan ulkan salohiyatga ega bölgan, turizm kabi muhim sohalarni rivojlantirişga yaxşi turtki berişi mumkin.
Tarixning özi va geografiya Özbekiston hamda Tojikistonning dam oliş va sayohat sohasida yaqin hamkorlikka ehtiyoji borligini nazarda tutadi. Tarixan bu hududlar orqali Buyuk Ipak yöli ötgan. Afsonaviy şaharlarda hayot qaynagan, quriliş, savdo va hunarmandçilik rivojlangan, ilm-fan yuqori darajada bölgan. Tovarlar va xizmatlar faol ravişda almaşilgan, özaro boyiş kuzatilgan, hattoki şuni aytiş mumkinki, özbek va tojik madaniyati özaro boğlangan.
Bugungi kunda sayyohlik sohasi orqali tarixiy aloqalarni qayta tiklaş va mustahkamlaş uçun imkoniyatlar yaratilmoqda. Ikki davlat hamkorlik köpriklarini qurmoqda, çegaradan kesib ötiş rejimini yengillaştiriş uçun faol harakat qilmoqda. Bu yönalişda ikkala mamlakatda yaqin kelajakda qiladigan işlar yetarli. Bu, birinçi navbatda, turizm sohasida hamkorlik qilişi böyiça normativ-huquqiy baza, uni işlab çiqiş va muvofiqlaştiriş lozim. 2017 yilda Toşkent va Duşanbe örtasida töğridan-töğri parvozlarning qayta tiklanişi bu masala böyiça birinçi «qaldirğoç» böldi.
Aloqalarni kengaytirişga biznes-sub'yektlar ham öz hissasini qöşmoqda: yaqinda ikki mamlakatning sayyohlik operatorlari örtasida hamkorlik töğrisida memorandum imzolandi. Xususan, Özbekistonning Dream Star Group, Sogdians Travel, Golden Trip kompaniyalari Jahon Gard Visa Center Tajikinturservis hamda Canon Holding LLC’ga hamkor böldi. Tomonlar milliy sayyohlik brendlari şakllantirişni va xalqaro bozorlarda Buyuk ipak yöli böylab transçegaraviy yönalişni birgalikda tarğib qilişni rejalaştirmoqdalar.

















