Samarqand shahrida Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali ochildi - fotojamlanma
Samarqand shahrining Amir Temur va Alisher Navoiy ko‘chalari kesishmasida, Navoiy nomidagi markaziy istirohat bog‘iga kiraverishda o‘zbek va fors-tojik adabiyoti namoyandalari - Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykallari o‘rnatildi.
O‘zbek va tojik xalqlarining do‘stligi ramzi o‘laroq o‘rnatilgan ushbu haykalning ochilish marosimida teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari ijro etildi. Viloyat hokimi T.Jo‘rayev nutq so‘zladi. Viloyat faollari ishtirokida haykal ustidagi harir parda tushirildi.
Qayd etish joizki, bu taniqli kompozitsiya avval ham Samarqand shahridagi Dahbed va Registon ko‘chasi kesishmasida joylashgan edi. Bir necha yil avval haykal olib tashlangan edi. Ular shu kungacha ehtiyot qilib, saqlanib kelingani ma'lum bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida ham Alisher Navoiy va Abdurahmon Jomiy haykali o‘rnatilishi haqida xabar bergan edik.
O‘z muxbirimiz
Mavzuga oid
19:35 / 09.09.2024
Samarqand shahridagi ko‘pqavatli uyda gaz portladi
12:56 / 05.09.2024
Samarqand shahrining bir qator ko‘chalari hamda M-37 va M-39 trassalari 7-8 sentabr kuni vaqti-vaqti bilan yopiladi
11:00 / 05.09.2024
Samarqandda Nexia-2 mashinasi yonib ketdi
11:32 / 11.08.2024