Boks Floyd Meyvezersiz ham juda yaxşi yaşayapti – yangi çempion ham juda köp pul topadi, yaxşi yaşaydi, körinişiga gap yöq.

Entoni Joşua Buyuk Britaniya fuqaroligiga ega. U 28 yoşda, böyi 198 sm. Janglar paytida u 110-115 kg atrofida böladi, körinişi tasavvur qilganingizdan köra a'loroq, buni Entonining Instagramidagi olti milliondan köp kuzatuvçilar ham tasdiqlaydilar. Hozirning özida uning Vikipediyadagi sahifasi 90-yillardagi boks yulduzi, boşqa bir britaniyalik sportçi Lennoks Lyuisnikidan kattaroq.
2012 yilda Entoni Joşua Buyuk Britaniya tarkibida olimpiada ğolibiga aylandi.
2013 yilda, u professional boksdagi debyutini ötkazdi.
2016 yilda birinçi çempionlik kamarini yutdi.
2017 yilda Vladimir Kliçkoni nokautga uçratdi.
Şu yilning 30 mart kuni u Jozef Parker ustidan ğalaba qozonib, uçta çempionlik kamarini yiğib oldi va 18 million dollar işladi.
Albatta, yuqorida sanab ötilgan har bir muvaffaqiyat zamirida öziga xos voqealar bor va har biri alohida hikoyaga arziydi.
Adedambo Joşua 20-asr boşlarida Nigeriyaning eng badavlat insonlaridan biri, Yevropa bilan yirik savdo aloqalari bölgan ulkan korporatsiyaning boşliği bölgan. Uning avlodlaridan biri irlandiyalik qizga uylanadi va ularning öğli bir kun kelib xotini bilan Angliyaga köçib ketadi. 1989 yilda Uotfordda bu oila öğil köradi va unga Entoni deb ism qöyadilar – Entoni Oluvafemi Joşua.
Köpçilikka noma'lum bölgan bu detal nega bir paytlar, aniqroği 2008 yilda Entoni olimpiadada Nigeriya nomidan qatnaşmoqçi bölganini oçiqlasa kerak. Hato nigeriyalik murabbiy u uçun tayyorgarlik programmasini işlab çiqqan, ammo Joşua maşğulotlarga bormaydi. Uni terma jamoadan çetlaştirişadi. Öşa paytga 19 yoşli yigit endigina ikki yil boks bilan şuğullangan, ammo yaxşigina jismoniy körsatkiçlarga ega edi. Qandaydir darajada futbol bilan ham şuğullangan, yuz metrlik masofani 11 sekundda bosib ötardi.

Yuqorida tilga olingan 2012 yildagi Olimpiada çempionligi ham aslida bölmasligi mumkin edi, köpçilik uning öşa turnirdagi ğalabalarini hakamlarning mezbonlarga yon bosişi bilan izohlaşgandi. U raqiblarini juda kiçik ustunlik bilan mağlubiyatga uçratgandi. Jumladan, birinçi bosqiçda Erislandi Savonni 17:16, yarim finalda qozoğistonlik Ivan Diçkoni 13:11 hisobida yenggan. Finalda oldingi olimpiada çempiona italiyalik Roberto Kammaralle bilan jang 18:18 bilan yakunlangan va faqat qöşimça körsatkiçlar böyiça Entoni ğolib deb topilgandi.
















